Azotning vodorodli birikmalari Azotning vodorod bilan to'rtta asosiy birikmasi bor: NH3 - ammiak, H2N-NH2 - gidrazin, NH2OH-gidroqsilamin, H[N3] - azotovodorod kislotasi (triazid). Ammiak. NH3 - tabiatda ko'p miqdorda oqsil moddalar tarkibida, ammoniy tuzlari holida uchraydi. NH3- rangsiz gaz, o'siga xos hidi bor. Qaynash harorati -33,40S, d=0,77 gl. 1 litr ammiak= 0.7709 gr. tº 2NH3 ↔ N2 + 3H2 -46,19 kJ H H : N H N 107,5ºS H H H NH3 molekulasida azot atomi sp3 gibridlangan, gibrid orbitallardan birida bir juft elektron joylashgan. Molekula qutbli =1,46 D. Molekula uch yoqli piramida tuzilishga ega. Ammiak qaytaruvchi va u kislorod atmosferasida oksidlanadi: 4NH3 + 3O2 = 6H2O + 2N2 Agar ammiakni (800oS) oksidlanishi katalizator ishtirokida (Pt-Rh) amalga oshsa: 4NH3 + 5O2 6H2O + 4NO NO dan, NO2 va undan HNO3 olinadi. Ammiakdan yod ta'sir etish orqali yod nitride (NI3) olinadi: NH3 + 3J2 = 3HJ + NI3 Yod nitridi ammiak bilan ta'sir etadi: NJ3 + NH3 = NH3NJ3 3NH3 + 3HJ = 3NH4J Ammiak xlor yoki brom atmosferasida oksidlansa: 2NH3 + 3Cl2 = N2 + 6HCl 2NH3 + 3Br2 = N2 +6HBr Ammiak 300S qizdirilgan KClO3 ustidan NaOH ishtirokida o'tkazilsa, NO3- gacha oksidlanadi. 3NH3 + 4KClO3 + 3NaOH = 3NaNO3 + 4KCl + 6H2O Ammiak kompleks birikmalar hosil qilishi mumkin, chunki unda 2 ta bo'linmagan elektronlar jufti mavjud. [NH3]HCl ammoniy tuzlari [Ag(NH3)2]Cl, [Cu(NH3)4]SO4 kompleks ammiakatlar hosil bo'ladi. NH3 + H2O= [NH4]+ + OH- kuchsiz ishqor Ammiakning olinishi. Labaratoriyada ammoniyli tuzlarga ohak ta'si ettiriladi: (NH4)2SO4 + Ca(OH)2 = 2H2O + 2NH3+ CaSO4 2NH4Cl + CaO = 2NH3 + CaCl2 + H2O Nitridlar gidrolizida ham ammiak hosil bo'ladi: Mg3N2 + 6H2O = 3Mg(OH)2 + 2NH3 Sanoatda ammiak toshko'mirni koksga aylantirganda hosil bo'ladi. Azot va vodoroddan ammiak sintez qilish Taber usuli ham deyiladi: 3H2 + N2 2NH3 + 46.19 kJ.mol 46-jadval.Ammiak hosil bo'lishining bosinga bog'liqligi Odatda bu jarayonda harorat 500-600ºS, bosim 100 atm, katalizator-temir va promotorlar sifatida K2O+Al2O3 qo'shiladi (46-jadval). Bosimning ortishi va haroratning pasayishi muvozanatni ammiak hosil bo'lish tarafiga qarab suradi. Reaksiyaga kirishmagan azot va vodorod yana reaksion sistemaga kiritiladi. Franko va Karlo usuli kalsiy sianamidga suv bugi ta'siriga asoslangan: CaCN2 + 3H2O = CaCO3 + 2NH3 CaCN2 - g'o'zani defolianti (bargini to'quvchi) sifatida ishlatiladi. Uni olish uchun ohaktoshga ko'mir ta'sir ettiriladi: CaCO3 + 4C = CaC2 + 3CO Hosil bo'lgan karbidlarga elektr yoyi ishtirokida azot ta'sir ettirilganda kalsiy sianamidi hosil bo'ladi: CaC2 + N2 = CaCN2 + C Nitridlardan alyuminiy nitridini gidrolizlanishi ham ...
![Azotning vodorodli birikmalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.58 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.58 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:27 ]
Arxiv ichida: docx