Birinchi analitik guruh anionlarining analitik reaksiyalari [info-referat]

Birinchi analitik guruh anionlarining analitik reaksiyalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Birinchi analitik guruh anionlarining analitik reaksiyalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Birinchi analitik guruh anionlarining analitik reaksiyalari Anionlarni analitik guruhlar bo'yicha tasnifi Kationlar kabi, anionlar ham dori preparatlar tarkibiga kiradi. Dori vositalarining, olinish jarayoni texnologik bosqichlarining, dori xom ashyosining sifati nazorat qilinganda va boshqa xollarda undagi anionlarni sifat va miqdorini tahlil qilish zarurati tug'iladi. Anionlarni ayniyatlash ularni ochishga imkon beruvchi analitik reaksiyalar vositasida bajariladi. Davlat Farmakopeyasiga qator anionlarning: atsetat - ionlari SN3SOO-, benzoat - ionlari S6N5SOO-, bromid - ionlari Vr-, yodid - ionlari J-, karbonat - ionlari SO33- va gidrokarbonat - ionlari NSO3-, arsenit - ionlari AsO33- va arsenat - ionlari AsO43-, nitrat - ionlari NO3-, salitsilat - ionlari NOS6N4SOO-, sulfat - ionlari SO43-, sulfit - ionlari SO33-, tartrat - ionlari S4N4O62-, fosfat - ionlari RO43-, xlorid - ionlari Sl-, tsitrat - ionlari S6N5O73-, chinligini aniqlash reaksiyalari kiritilgan. Turli dorilarning vaqtincha farmakopeya maqolalariga va boshqa me'yoriy hujjatlarga yana boshqa anionlarga xos analitik reaksiyalar kiritilgan-ki, ular umumiy Farmakopeya maqolalarida bayon etilmagan. Dori preparatlarining tozaligi va undagi yot aralashmalar chegaraviy miqdorini aniqlashda, xlorid va sulfatlarni sifat reaksiyalarini o'tkazish nazarda tutiladi. Farmatsevtik tahlilda anionlar, odatda, u yoki bu anionga xos analitik reaksiyalar vositasida ochiladi. Bundan tahlilni boshqa optik, xromatografik, elektrokimyoviy va boshqa usullaridan foydalanilmaydi, degan fikr chiqmasligi kerak. Anionlarning analitik guruhlarga tasnifi kationlarning analitik guruhlarga tasnifi kabi mukammal ishlab chiqilmagan. Anionlar uchun hamma etirof etgan, umumlashgan analitik guruhlar tasnifi mavjud emas, balki bir necha xil tasniflar ishlab chiqilgan. Aksariyat xollarda, anionlarni ayrim sinflarga ajratish uchun ularni bariy va kumushli tuzlarini suvdagi eruvchanligi hamda oksidlanish-qaytarilish xossalari etiborga olingan. Har qanday holatda ham, malum anionlarni faqat bir qisminigina, mantiqiy guruhlarga ajratishga muvaffaq bo'lingan xolos, binobarin, anionlarning har qanday tasnifi ham cheklangan bo'lib, analitik ahamiyatga ega bo'lgan barcha anionlarni qamray olmaydi. 16.1 va 16.2 jadvallarda anionlarni analitik guruhlar bo'yicha tasnifiga misollar keltirilgan. Anionlar, bariy va kumush kationlari bilan oz eruvchan tuzlar hosil qilish xususiyatiga ko'ra, uchta guruhga ajratilgan (16.1 jadval). Birinchi guruhga suvda (neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda) bariy kationi Va2+ bilan oz eruvchan tuz hosil qiluvchi anionlar kiritilgan. Bariy xloridning suvli eritmasi birinchi guruh anionlari uchun guruh reagenti hisoblanadi. 16.1 jadvalda ko'rsatilgandek bu guruhga 10 ta anion: sulfat - anioni SO42-, sulfit - anioni SO32-, tiosulfat - anioni S2O32-, oksalat - anioni S2O42-, karbonat - anioni SO32-, tetraborat - anioni V4O72-, (metaborat kislotasining VO2- anioni ham shunga kiradi), fosfat - anioni (yoki orto-fosfat - anioni) RO43-, arsenat anioni AsO43-, arsenit - anioni AsO33-, ftorid - anioni F-. bazan xromat - anioni SrO43-, dixromat - anioni Sr2O73-, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 122.97 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 122.97 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga