Birinchi, ikkinchi va uchinchi analitik guruh kationlarining analitik reaksiyalari Kirish Ko'pchilik dori vositalarining tarkibida turli metallar, tuz, oksid, gidroksid, kompleks, metallorganik va boshqa birikmalar xolida mavjud bo'ladi. Dori preparati sifat nazoratdan o'tkazilganda uning tarkibiy qismlarining chinligi aniqlanadi, jumladan, ulardagi kation va anionlarni ochish orqali identifikatsiyalanadi. Buning uchun tahlil etiladigan namuna avvalo eritiladi, so'ngra eritmada qanday kationlar borligi aniqlanadi. Odatda dori mahsulotida sanoqli metall kationlari bo'lib, dori tarkibida qanaqa kationlar mavjudligi avvaldan malum bo'ladi. Shuning uchun kationlarni tizimli tahlilini o'tkazishning xojati yo'q. Ularni ochish uchun o'sha kationlarga xos analitik reaksiyalarni bajarish kifoya. Agar biror analitik reaksiya,zaruriy reaksiya sifatida, Davlat Farmakopeyasida ko'rsatilgan yoki vaqtincha farmakopeya maqolasiga kiritilgan bo'lsa, bunday reaksiyalar ilgari bayon etilganidek rasmiy Farmakopeya reaksiyalari deb ataladi. Deyarli har bir kation uchun juda ko'p turli - tuman analitik reaksiyalar ishlab chiqilgan, ammo ulardan faqat ayrimlarigina dori vositalarini tahlili uchun ishlatiladi. Shuning uchun quyida, faqat dori vositalari tahlilida ishlatiladigan yoki ishlatilishi mumkin bo'lgan analitik reaksiyalargina, kationlarni kislota - asosli tasnifiga muvofiq tartibda, bayon etiladi. Kislota - asos tasnifi bo'yicha birinchi analitik guruh Li+, Na+, K+, NH4+ kationlarining analitik reaksiyalari litiy kationining Li+ analitik reaksiyalari. Natriy gidrofosfat bilan reaksiyasi. Natriy gidrofosfat Na2NPO4 neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda litiy kationlari bilan litiy ortofosfat Li3PO4 cho'kmasini hosil qiladi. 3Li+ + HPO42- → Li3PO4 + H+ Cho'ktirish etanol - suv aralashmasida olib borilsa, bunday muhitda litiy fosfatni eruvchanligi pasayishi sababli, litiy kationlari to'liq cho'kadi. Litiy fosfati kislotalarda va ammoniy tuzlari eritmasida eriydi. Ajralib chiqayotgan vodorod ionini bog'lash uchun reaksiya ammiakli muhitda olib boriladi. Bu reaksiyada litiyni ochish minimumi 5 mkg. Fosfat ioni bilan suvda oz eruvchan fosfatlar hosil qiluvchi barcha kationlar bu reaksiyaga xalaqit beradi. Bajarish uslubi. Probirkaga 10 tomchi litiy tuzining eritmasidan olib, unga teng miqdorida kontsentrik ammiak eritmasidan va bir necha tomchi etanol, hamda 15 tomchi natriy gidrofosfat eritmasidan tomiziladi. 5 daqiqa o'tgach oq mayda kristall cho'kma hosil bo'ladi. Cho'kma sirka kislotada eriydi. Etanoldan ko'p qo'shmaslik kerak, chunki Na2HPO4 cho'kmaga tushishi mumkin. Eruvchan karbonatlar bilan reaksiyasi. Karbonat ionlari SO32- neytral va ishqoriy muhitda (kislotali muhitda emas!) suvli eritmalardagi litiy kationlarini litiy karbonat Li2CO3xolida cho'ktiradi. 2Li+ + CO32- → Li2CO3 Litiy karbonat suvda sezilarli erishi sababli eritmadagi litiy kationlari to'liq cho'kmaydi, shuni hisobga olgan holda reaksiya uchun litiy tuzi va eruvchan karbonatlarni kontsentrik eritmalari ishlatiladi. Litiy karbonatning eruvchanligi temperatura ortganda kamayadi. Shuning uchun reaksiya isitilgan eritmada olib boriladi. Litiy karbonat kislotalarda eriydi. Ochish minimumi 500 mkg. Suvda oz eruvchan karbonatlar hosil qiluvchi barcha kationlar xalaqit ...
![Birinchi, ikkinchi va uchinchi analitik guruh kationlarining analitik reaksiyalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.01 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.01 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: docx