A. M. BUTLEROVNING ORGANIK BIRIKMALARNING KIMYOVIY TUZILISH NAZARIYASI. ORGANIK BIRIKMALAR XOSSALARINING KIMYOVIY TUZILISHIGA BOG'LIQLIGI. IZOMERIYA. 1861 - yili rus olimi A. M Butlerov organik birikmalarining kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratdi. Bu nazariya organik kimyoning rivojlanishida muhim rol o'ynadi. Kimyoviy tuzilish nazariyasining mohiyati quydagilardan iborat : Organik moddalar molekulasidagi hamma atomlar bir - birlari bilan ma'lum izchillikda, valentliklariga qatiyan muvofiq holda bog'lanadilar va to'g'ri tarmoqlangan yoki yopiq zanjirlar hosil qiladilar. Molekuladagi atomlarning birikish tartibi va bog'lanish xarakterini Butlerov kimyoviy tuzilish deb atadi. Molekuladagi elementlarning valentligi shartli ravishda chiziqcha blan tasvirlanadi. Molekulalarning tuzilishini sxematik ifodalash tuzilish formulalar va struktura formulalar deb atadi. Moddalarning xossalari molekulalar tarkibiga qanday atomlar va qancha atom kirishigagina emas, balki molekulada bu atomlarning qanday tartibda birikkanligiga bog'liq bo'ladi. Yoki qisqacha : moddalarning kimyoviy xossalari molekulaning tarkibiga va kimyoviy tuzilishiga bog'liq. Organik moddalarining kimyoviy tuzilish nazariyasining bu qoidasi izomeriya hodisasini tushuntirib berdi. Molekulalarning tuzilishi bilan farqlanadigan hodisalarga izomeriya hodisasi deyiladi. Izomeriya organik kimyoda juda keng tarqalgan bo'lib, izomeriya tufayli organik birikmalarning sonini ko'pligini tushuntirish mumkin. Reaksiyalarda molekulaning hamma qismi emas, ma'lum qismi o'zgarganligi tufayli moddaning kimyoviy o'zgarishini o'rganish yo'li bilan dastlabki moddalarning kimyoviy tuzilishini aniqlash mumkin. Organik moddalarning molekulalarida atomlar o'zaro bir - biriga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni molekulalardagi alohida atomlarning kimyoviy tabiati (reaksion qobiliyati) ular boshqa qanday elementlar bilan bog'langanligiga bog'liq bo'laldi A.M Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi organik kimyoning jadal rivojlanishiga xizmat qildi va bu nazariya asosida ham o'sha paytgacha ma'lum bo'lmagan sinflarni (uchlamchi spirtlar) va yangi moddlalarni borligini bashorat qildi, molekulani tashkil etgan atomlar tekislikda emas, fazoda joylashishi haqida fikrni birinchi bo'lib isbotladi. A. M Butlerov o'sha paytgacha bo'lgan nazariyalarga qarshi o'laroq, molekulani harakatsiz, tinch qotib qolgan atomlar yig'indisi emas, balki o'zgaruvchan harakatchan sistema deb qaradi va bu fikri asosida tautomeriya deb ataluchi qaytar izomeriyaga asos soldi A. M Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini kashf etilganiga 147 - yildan oshgan bo'lishiga qaramay undan hozir ham butun dunyo kimyogarlari o'z ishlarida muvoffaqiyatli foydalanib kelmoqdalar. Organik birikmalar xossalarining kimyoviy tuzilishiga bog'liqligi. Izomeriya. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida moddalarning xossalarini to'liq o'rganish imkoni yaratildi. Moddalarning xossalari nafaqat uning tarkibiga bog'liq bo'lmasdan balki molekulalarning tuzilishiga ham bog'liq ekanligi isbotlandi. Har qanday organik modda tarkibiga kiruvchi elementlarning kimyoviy tabiati (moddaning reaksiyaga kirishish xususiyati) ayni atomlar boshqa atomlar bilan qanday bog'langanligiga qarab o'zgaradi. Atomlar kimyoviy xususiyatinng bunday o'zgarishi bevosita bog'langan atomlarning o'zaro ta'sirlanishidan kelib chiqadi. Bevosita bog'langan atomlarning o'zaro ta'sirlashishi nisbatan kuchsiz bo'ladi. XIX asrda kimyogarlarni asosan tarkib - xossa bog'lanish qiziqtirgan bo'lsa, ...
![Butlerovning organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
115.78 KB
Ko'rishlar soni
522 marta
Ko'chirishlar soni
65 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
115.78 KB
Ko'rishlar soni
522 marta
Ko'chirishlar soni
65 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: docx