Diyen uglevodorodlar haqida tushuncha [info-referat]

Diyen uglevodorodlar haqida tushuncha [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Diyen uglevodorodlar haqida tushuncha [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

DIYEN UGLEVODORODLAR HAQIDA TUSHUNCHA Molekulasida ikkita qo'shbog' bor to'yinmagan qator uglevodorodlari diyen uglevodorodlar yoki alkadiyenlar deyiladi. Alkadiyenlarning umumiy formulasi CnH2n-2. Bu yerda n≥3. Molyar massasi M = 14n - 2. Nomlanishidagi xarakterli qo'shimcha diyen. Diyenlardan bitta bog' bilan (bitta σ bog' bilan ajraganlari) bog'langanlari masalan, 1,3 butadiyen yoki divinil hamda 2 - metil - 1,3 - butadiyen yoki izopren katta ahamiyatga ega. Bitta uglerod atomida ikkita qo'sh bog'lar to'plangan diyenlar va izomerlangan bog'ga (qo'sh bog' ikki yoki ko'p birlamchi σ - bog' bilan ajratilgan) ega bo'lgan diyenlar amaliy ahamiyatga ega emas. Diyen uglevodorodlari molekulalarining tuzilishining o'ziga xosligi: Qo'sh bog' bilan bog'langan uglerod atomlari sp2 gibridlanish holatida bo'ladi; Qo'shbog'ning uzunligi 0,133nm ga teng, qo'shbog' bilan ajralgan birlamichi bog'larning uzunligi 0,146nm, qolgan C - C bog'larning uzunligi 0,154 nm ga teng; Tuzilishi quyidagicha : Qo'shbog' bilan bog'langan uglerod atomlari uchun valent burchagi 120o ga teng; Molekulasida bir xil sondagi uglerod atomlari bo'lgan alkinlar bilan izomer; Masalan : Molekulasida bir nechta C = C bog'lari bo'lgan uglevodorodlar ham ma'lum. Masalan alkatriyenlar (uchta qo'shbog'lar bo'lgan) ham ma'lum, ularning umumiy formulasi CnH2n-4 bilan ifodalanadi. Diyen uglevodorodlarining gomologik qatori Klassifikasiyasi, nomlanishi va izomeriyasi Diyen uglevodorodlari qo'sh bog'ning joylashgan o'rniga qarab uch turga bo'linadi: Qo'sh bog'lari yonma - yon joylashgan diyen uglevodorodlari, ularga kumulyativ qo'shbog'li diyenlar deyiladi. Masalan : CH2=C=CH2 propodiyen yoki allen. Qo'sh bog'lari ketma - ket joylashgan diyen uglevodorodlari, ularga konyugir qo'shbogli diyenlar deyiladi. Masalan , CH2=CH-CH=CH2 - butadiyen - 1,3. Qo'sh bog'lari bitta yoki bir nechta - CH2 gruppa bilan ajralgan diyen uglevodorodlar. Ularga izolasiyalangan (ajralgan) diyenlar deyiladi. Masalan : CH2=CH-CH2-CH2-CH=CH2 geksadiyen - 1,5. Diyen uglevodorodlari orasida eng ahamiyatlisi konyugirlangan qo'sh bog'li diyen uglevodorodlaridir. Diyenlar rasional va Jeneva nomenklaturalarida nomlanadi. Jeneva nomenklaturasiga muvofiq qo'sh bog'lar o'rni shu qo'sh bog'lar tutashgan ugglerod atomlarining momerlari bilan belgilanadi va tegishli to'yingan uglevodorod nomiga diyen so'zi qo'shib aytiladi. Birinchi guruh diyen uglevodorodlariga allen (CH2=C=CH2) va uning hosilalari misol bo'ladi. Allen Jeneva nomenklaturasiga muvofiq porpadiyen deyiladi. Allenning gomologi C4H6 ikkita izomeri bor, birinchi izomeri CH3-CH=C=CH2 metilallen yoki butadiyen -1,2, ikkinchi izomeri CH2=CH-CH=CH2 - divinil, eritren yoki, butadiyen -1,3 dir. Butadiyen - 1,3 ikkinchi gruppa diyen uglevodorodlariga misol bo'ladi. Uchinchi gruppa diyen uglevodorodlariga geksadiyen -1,5 (CH2=CH-CH2-CH=CH2) misol bo'ladi. Yuqorida diyen uglevodorodlarining gomologik qatori keltirilgan jadvlga qarang. Tarmoqlangan tuzilishga ega bo'lgan diyenlarning nomlanishi alkenlarning nomlanishidagi qoidaga asoslanadi. Diyen uglvodorodlarining olinishi Alkanlarni digidrogenlab : Alkenlarni degidrogenlab : Etanolni gegidratlab va degidrogenlab (Lebedov qoidasi) : Divinilni asetilendan ham olish mumkin. Buning uchun asetilenga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 407.74 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 407.74 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga