Ekstraksiyani analitik kimyoda qo'llanishi O'zaro aralashmas ikki fazada moddaning taqsimlanish jarayoni ekstraksiya hodisasi deyiladi. Eng oddiy misol choy damlanganda quruq choy tarkibidagi shifobahsh kofein moddasini quruq choy tarkibidan qaynoq suvga erib o'tishi ekstraksiya hodisasiga yaqqol misol bo'ladi. Ekstraksiya moddalarni ajratishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. O'simlik va mineral xomashyo tarkibiy qismlarini ajratib olishda, ekstraksiyadan foydalaniladi. Ekstraksion usullar amaliyotda azaldan qo'llanib kelingan. Bundan yuz yillar muqaddam bazi preparatlar parfyumeriya moddalari, bo'yoqlar ekstraksiya usulida tayyorlangan. 1825 y bromni benzolbilan ekstraksiyalash, 1842 yilda uranni nitrat kislota eritmasidan ekstraksiyalash, 1867 yilda kobalt, temir, platina metallarini tiotsionatli eritmalarida bir biridan ajratish uchun ham ekstraksiya qo'llangan. 1892 yilda temir (II) xlorid, 1924 yilda galliy (II) xlorid ekstraksiyasi ishlab chiqildi. 20-yillarda xelat hosil qiluvchi organik reagentlar (xususan, ditizon) bilanmetallarni kompleks birikma holida ekstraksiyalab ajratib olish usuli ixtiro etildi. Ekstraksion usullar, ikkinchi jahon urushi yillarida uran, plutoniy va boshqa aktinoidlarni ajratish va aniqlash usullarini ishlab chiqish munosabati bilan keskin rivojlandi. XXasrning qirqinchi yillarining oxirida ekstraksion usullar juda keng tarqaldi. Ekstraksion jarayonlarning nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish va analitik kimyoda qo'llashga Yu.A.Zolotov va uning maktabi katta hissa qo'shgan. Suyuqlik ekstraksiyasi usulining tamoyili Analitik kimyoda ekstraksiya deganda moddani ikki o'zaro aralashmaydigan suyuq fazalarda taqsimlanish jarayoni va shu jarayonga asoslangan moddalarni bir-biridan ajratish usullari tushuniladi. O'zaro aralashmaydigan suyuq fazalar - organik erituvchi va ajratilishi kerak bo'lgan moddalarning suvdagi eritmasidan iborat sistemasidagi ekstraksiya suyuqlik ekstraksiyasideyiladi. Suyuqlik ekstraksiyasi moddalarni o'zaro tutashib turgan, ammo aralashmaydigan ikki suyuq fazalarda turlicha taqsimlanishiga, yani shu suyuq fazalarda ularning turlicha eruvchanligigaasoslangan. Suyuqlik ekstraksiyasi moddalarni ajratish yoki ularni kontsentrlash maqsadida qo'llanadi. Shuni esda tutmoq lozimki, ekstraksiya usulida moddaning bir fazadan ikkinchisiga to'la-to'kis o'tkazish, yoki ikki moddani bir-biridan to'liq ajratish mumkin emas. Ekstraksiyalanuvchi moddani, oz bo'lsada, malum bir qismi dastlabki fazada qoladi. Ekstraksion usullar quyidagi qator afzalliklarga ega: soddalik, tanlab ta'sir etish, katta hamda kichik kontsentratsiyalarda ham qo'llash mumkinligi, tezkorlik, uskunalarni arzonligi va x.z.o. Deyarli barcha elementlar uchun ularning birikmalarini suvli fazadan organik fazaga ekstraksiyalash usullari ishlab chiqilgan. Laboratoriya sharoitida ekstraksiya ajratish voronkasida bajariladi. Shu voronkaga ekstraksiyalanishi lozim bo'lgan moddaning suvdagi eritmasi va suv bilan aralashmas organik erituvchi quyiladi. Voronka tiqini berkitilib (odatda 2-5 daqiqa) qattiq silkitiladi. Natijada ikkala suyuqlik bir birida dispersiyalanib (tarqalib) turli o'lchamdagi tomchilar hosil qiladi. Ekstraksiyalanuvchi modda, organik va suv fazalari chegarasi orqali suv qatlamidan organik erituvchi qatlamiga, shu qatlamlarda moddalarning muvozanat kontsentratsiyalari o'rnatilib,fazalararo muvozanat qaror topguncha, o'taboshlaydi. Fazalararo (qatlamlararo) muvozanat qaror topganda erigan moddani suv fazasidan organik fazaga o'tish tezligi o'sha moddani organik fazadan suv fazasiga o'tish ...
![Ekstraksiyani analitik kimyoda qo'llanishi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
71.6 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
71.6 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:31 ]
Arxiv ichida: docx