Elektrod potentsiallari. Galvanik elementlar. Reja: 1. Metallarning fizik xossalari. 2. Metallarning elektrod potentsiallari. Normal vodorod elektrodi. 3. Galvanik elementlar va undagi elektr yurituvchi kuch. 4. Metallarning kuchlanish qatori. 5. Nerst tenglamasi. Gibss energiyasi. Adabiyotlar: 1. Raximov X.R. Anorganik kimyo. II nashr. T. ¤qituvchi. 1984. 2. Axmerov K.M., Jalilov A., Ismoilov A. Umumiy va anorganik kimyo. T. ¤qituvchi. 1988. 3. Axmetov N.S. Anorganik kimyo. Visshaya shkola. 1975. Metallarning fizik xossalari. D.I.Mendeleevning elementlar davriy jadvalidagi elementlarning taxminan 80 foizini metallar tashkil qiladi. Metall kristal panjarasining tugunlarida metall ionlari turadi, bu ionlar orasida malum ion bilan boQlangan erkin elektronlar harakat qiladi. Ionlar tebranma harakatda bo'ladi. Metallarning fizikaviy, kimyoviy va elektrokimyoviy xossalari ularning ana shu ichki tuzilishidan kelib chiqadi. Yadro bilan kuchsiz boQlangan valent elektronlar, yani sirtqi qavatdagi elektronlar, atomdan oson uzilib ketishi mumkin. Doimo metallning bir qismi atomlari ionlarga aylanib turadi, bir vaqtning o'zida bir qism ionlar esa aksincha, atomlarga aylanib turadi. Bunday holda metall kristallarida muvozanat vujudga keladi: Me Men+ + ne Metall ionlarining umumlashgan (erkin) elektronlar bilan o'zaro ta'siri natijasida vujudga keladigan boQlanish metall boQlanish deyiladi. Metall kristallarida erkin elektronlar mavjudligidan metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Tartibsiz harakatda bo'lgan erkin elektronlar juda kichik elektr potentsiali ta'sirida xam batartib - bir tomonga siljiydi. Elektronlarning erkin harakatlanish tezligiga har xil faktarlar ta'sir etadi. haroratning ko'tarilishi bilan ionlarning tebranma harakati kuchayadi va ular ichida elektronlarning harakati qiyinlashadi. Natijada harakatning ko'tarilishi bilan metallarning elektr o'tkazuvchanligi pasayadi. Јuyidagi grafikda temir va platinalarning elektr o'tkazuvchanligiga harakatning ta'siri ko'rsatilgan. elektr o'tkazuvchanlik Fe Pt harorat Metaldagi qo'shimchalar xam elektronlarning harakatiga to'sqinlik qiladi. Agar metalda qo'shimchalar qancha ko'paysa, uning elektr o'tkazuvchanligi shuncha pasayadi. Јuyidagi grafikda temir qo'shimchasining misning elektr o'tkazuvchanligiga ta'siri ko'rsatilgan. Nisbiy elektr o'tkazuvchanlik 100 98 96 94 92 90 0,04 0,08 % Fe Grafikdan ko'rinib turibdiki, misning tarkibida temir qo'shimchasining miqdori ko'payishi bilan misning elektr o'tkazuvchanligi kamayadi. Bizga malumki, metallar issiqlikni xam yaxshi o'tkazadi, chunki metallardagi to'xtovsiz harakat qiluvchi elektronlar ionlar bilan doimo energiya almashinib turadi. Јizdirish natijasida ionlarning tebranma harakati kuchayadi va bu tebranish shu zaxotiyoq qo'shni ionlarga o'tkaziladi. Natijada metalning issiqlik holati tezda tenglashadi, yoki uning butun massasi bir xil haroratga ega bo'lib qoladi. Ayniqsa kumush, oltin, mis va alyuminiy issiqlik va elektr tokini juda yaxshi o'tkazuvchilar hisoblanadi. Metallar zichligiga ko'ra shartli ravishda ikki gruppaga bo'linadi: zichligi 5 dan kam bo'lgan metallar yengil metallar gruppasiga, solishtirma oQirligi 5 dan ortiq metallar esa oQir metallar gruppasiga kiradi. Eng yengil metall litiy bo'lib, uning zichligi 0,58 ...
![Elektrod potensiallari, Galvanik elementlar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.72 KB
Ko'rishlar soni
324 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.72 KB
Ko'rishlar soni
324 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:31 ]
Arxiv ichida: docx