Elektrolit eritmalar, Elektrolitik dissotsialanish, Tuzlarning gidrolizi [info-referat]

Elektrolit eritmalar, Elektrolitik dissotsialanish, Tuzlarning gidrolizi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Elektrolit eritmalar, Elektrolitik dissotsialanish, Tuzlarning gidrolizi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Elektrolit eritmalar. Elektrolitik dissotsialanish. Tuzlarning gidrolizi Reja: 1. Elektrolitlar, elektrolitik disotsialanish nazariyasi. 2. Suvning ion ko'paytmasi va vodorod ko'rsatkich rN. 3. Tuzlarning gidrolizi. 4. Kislota va asoslarning zamonaviy ta'riflari. Elektr tokini o'tkazmaydigan eritma elektrolitmas eritmasi deb ataladi. Bularga misol bo'lib, qand, glyukoza va ko'pchilik organik moddalar kiradi. Bularga elektrolitmas moddalar deyiladi. Suvdagi eritmalari elektr tokini o'tkazuvchi bo'lgan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarning (tuz, kislota va asoslarning) molekulalari erituvchida eriganda zaryadlangan zarrachalarga - ionlarga bo'linadi. Bu hodisa elektrolitik dissotsiatsiya deyiladi. Ionlarga dissotsialangan molekulalar soni eritilgan modda molekulalarining umumiy soniga nisbati elektrolitning dissotsialanish darajasi deyiladi. Dissotsialanish darajasiga qarab, elektrolitlar kuchli, o'rtacha va kuchsiz elektrolitlarga bo'linadi. Kuchli elektrolitlarning dissotsiatsiya darajasi 30 % dan yuqori, o'rtacha elektrolitlarning 2 - 30 % gacha, kuchsiz elektrolitlarniki 2 % dan kam bo'ladi. Eritma suyultirilsa uning dissotsiatsiya darajasi ortadi. Shuning uchun elektrolitlarning kuchlarini bir - biriga solishtirishda ularning bir xil normal kontsentrptsiyadagi eritmalarini olish kerak. Kislotalar quyidagi dissotsialanadi: HNO3 = H+ + NO3 - Ko'p negizli kislotalar bosqichli dissotsiatsiyaga uchraydi. H3RO4 = H+ + N2 RO4 H2RO4 = H+ +NRO4 2- HRO4 2- = H+ + RO4 3- Asoslar quyidagicha dissotsialanadi: NaOH = Na+ + OH- Ca(OH)2 = CaOH+ + OH- Ca(OH)+ = Ca2+ + OH- Tuzlar quyidagicha dissotsiatsiyalanadi: KNO3 = K+ + NO3 - Na2SO4 = 2Na+ + SO4 2- Barcha elektrolitlar dissotsiyalanish xususiyati jihatidan ikki gruppaga - kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo'linadi. Xar qanday kontsentratsiyada to'la dissotsiyalanuvchi elektrolitlar kuchli elektrolitlar deyiladi. Bunday elektrolitlarga kuchli kislotalar, kuchli asoslar va ko'pchilik tuzlar kiradi. Eritmada qisman dissotsiyalanadigan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. Bunday elektrolitlarga kuchsiz kislotalar, ko'pchilik organik kislotalar va suvda yomon eriydigan asoslar misol bo'ladi. Kuchsiz elektrolitning dissotsiyalanishi natijasida hosil bo'ladigan kation va anionlar bir-biri bilan to'qnashib, qaytadan erigan moddaning molekulasini hosil qiladi. Demak, kuchsiz elektrolitlarning elektrolitik dissotsiyalanishi qaytar jarayondir. Masalan: SN3SOON SN3SOO- + N+ Ko'p asosli kislotalar, ko'p asosli asoslar bosqichli dissotsiyalanadi: H2SO4 H+ + HSO4- HSO4- H+ + SO42- Ca(OH)2 CaOH+ + OH- CaOH+ Ca2+ + OH- Elektrolitmas moddalarning eritmalari Vant-Goff va Raul qonunlariga bo'ysunadi. Elektrolitlarning kislota, asos va tuz eritmalari esa bu qonunga bo'ysunmaydi. Elektrolitlar eritmalarining tajribada topilgan osmotik bosimlari Vant-Goff qonuniga muvofiq hisoblab topilgan osmotik bosimdan xamma vaqt ortiq bo'ladi. Vant-Goff qonunini elektrolitlar eritmalariga tadbiq qilish uchun uning matematik ifodasi R = skT ni quyidagicha yozish kerak: P = icRT i - Vant-Goff koeffitsenti yoki izotopik koeffitsenti. Kuchsiz elektrolitlarning qanchalik dissotsiyalanishi ularning dissotsiyalanish darajasi bilan baholanadi. Dissotsiyalanish darasi bilan belgilanadi va % hisobida ifodalanadi. ionlarga dissotsiyalangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.94 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.94 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga