Elektrolitik dissosilanish nazariyasi. Ionlararo reaksiyalar Reja 1. Elektrolitik dissosilanish nazariyasi. 2. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Dissosilanish darajasi. Dissosilanish konstantasi. 3. Suyultirish qonuni. Elektrolitik dissosilanish nazariyasi. Suvdagi eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazuvchi moddalar elektrolitlar deyiladi. Kislota, asos va tuzlar elektrolitlardir. Masalan, kupgina asos, kislota va tuzlar bunga misol bo'ladi. Suvdagi eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o'tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deyiladi. Vant-Goff va Raul qonunlariga elektrolitmas eritmalargina buysunadi. Elektrolit eritmalarda tkay., tmuz., Rosm. kabilar kutilganidan yuqori bo'lishi, molekulyar massasi krioskopik va ebulioskopik usullarda topilganida uning haqiqiy molekulyar massasidan kam bo'lishi kuzatiladi. Elektrolit eritmalar uchun Vant-Goff tenglamasi: R = iCRT shaklida bo'lib, i - izotonik koeffitsiyent deyiladi. i ning qiymati elektrolit eritmasining konsentratsiyasi kamayishi bilan ortib boradi. NaCl da i = 2, Na2SO4 da i = 3, K3[Fe(CN)6] da i = 4 ya'ni ionlar soniga yaqinlashadi. Elektrolitlarning elektr o'tkazuvchanligi ulardagi molekulalar va kristallardan musbat va manfiy zaryadlangan ionlarning hosil bo'lishiga bog'liq. Shved olimi S.Arrenius elektrolitlarning xossalarini o'rganib (1887y) quyidagi xulosaga keldi. Elektrolitlar suvdagi eritmalarida yoki suyuqlanmalarida musbat va manfiy ionlarga dissosiyalanadi. Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar anionlar deyiladi. Ionlarning uzluksiz harakati elektr tokini o'tkazishga sabab bo'ladi. Elektrolit ionlarga ajralganda bitta molekuladan ikki va undan ortiq ion hosil bo'lishi natijasida eritmadagi zarrachalarning umumiy soni ortadi. Kislota, asos va tuzlarning dissosilanishi. Eritmada vodorod kationi (H) va kislota qoldig'i anioniga dissosilanuvchi birikmalar kislotalar deyiladi. Masalan: HNO3 H NO3- Hosil bo'lgan H ionida elektron qavat bo'lmaydi. Shuning uchun u suvli muhitda H H2O H3O hosil qiladi. Eritmada H ionining bo'lishi eritmalarning kislotali xususiyatiga sabab bo'ladi. Biroq, dissosilanish tenglamalarining soddalashtirish maqsadida H3O o'rniga H yoziladi. Asoslar eritmalarida metall ioni bilan gidroksid ionlariga dissosilanadi, masalan: Asoslar eritmalarida ionlarining borligi ishqoriy muhit hosil qiladi. Kislota va asoslardan tashqari ham kislota ham asos xossalariga ega bo'lgan gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Masalan: Shuning uchun Zn(OH)2 ham kislota, ham asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Tuzlar eritmalarda metall ionlari bilan kislota qoldig'i ionlariga dissosilanadi. Masalan: Suvdagi eritmalarida ionlarga to'liq ajraladigan elektrolitlar kuchli elektrolitlar deyiladi. Ular jumlasiga HClO4, HCl va boshqa kislotalar, NBuH, KOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2 kabi asoslar va deyarli barcha tuzlar kiradi. Suvdagi eritmalarda qisman dissosiyalanib juda oz miqdorda ionlar hosil qiluvchi elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. Ular jumlasiga kuchsiz kislotalar (CH3COOH, H2S, H2CO3, HCl, ) qiyin eruvchi asoslar, shuningdek NH4OH va ba'zi tuzlar kiradi. Moddalarning tuzilishiga qarab, ularning dissotsiatsiyasi xam turlicha bo'ladi. Suvli muhitda gidratlangan ionlaring hosil bo'lishi quyidagi ikki mexanizm bo'yicha boradi: 1. Ion tuzilishdagi kristallarning eritmadagi dissotsiatsiyasi. Natriy xlorid NaCl kristallari ...
![Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, Lonlararo reaksiyalar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
71.06 KB
Ko'rishlar soni
279 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
71.06 KB
Ko'rishlar soni
279 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:32 ]
Arxiv ichida: docx