Eritmalar Ikki va undan ortiq komponentlardan va ularning o'zaro ta'sir mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen sistemaga eritma deyiladi. Eritmalar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Masalan qon, limfa, va so'lak suyuqliklari eritmalardir. Eritmalar kimyoviy birikmalar va oddiy mexanik aralashmalar o'rtasida oraliq holatni egallaydi. Eritmalar kimyoviy birikmalarga o'xshash bir jinsli ya'ni gomogen bo'ladi. Erish jarayoni kimyoviy reaksiyaga o'xshash issiqlik yutilishi yoki chiqishi bilan ro'y beradi. Eritmalar kimyoviy birikmalardan farq qilib tarkibi o'zgaruvchan bo'lib, ham erituvchi ham erigan modda xossalarini namoyon qiladi. Erigan moddani erituvchidan fizikaviy usulda ajratib olish mumkin. Bu xossalari bilan eritma mexanik aralashmaga o'xshaydi. Eritma tayyorlash jarayonida agregat holati o'zgarmaydigan komponent erituvchi hisoblanadi. Eritmalarda bir komponent ikkinchisida molekulalar, ionlar, yoki atomlar holatida bir jinsli muhit hosil qilib tarqalgandir. Eritmalar gaz , suyuq va qattiq holatda uchraydi. Gazlarning eritmalari. Erigan modda va erituvchi ham gaz bo'lgan aralashma sifatida havoni olish mumkin. Havo tarkibida hajm jihatidan 78% azot, 20-21% kislorod, qolgan qo'shimchalar uglerod(IY) oksidi, suv bug'i va boshqalar bo'lishi mumkin. Gazlar aralashmasining umumiy bosimi ularning parsial bosimi deyiladi. Umumiy parsial bosim tashkil etuvchilarning parsial bosimlari yig'indisiga teng bo'ladi. Harorat ko'tarilshi bilan gazlarning eruvchanligi kamayadi, chunki gazlaraning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Gazlar eruvchanligining bosimga bog'liqligi Genri qonuni bilan ifodalanadi: O'zgarmas haroratda gazlarning eruvchanligi uning bosimiga to'g'ri proporsional. C = k *P C - gazning eruvchanligi; k - Genri doimiysi; P - gazning bosimi. Genri-Dalton qonuni. Agar biror suyuqlikda gazlarning aralashmasi erisa, har bir alohida gazning eruvchanligi shu gazning parsial bosimiga to'g'ri proporsional. Genri qonuni uncha yuqori bo'lmagan bosimda va konsentratsiyada o'rinli bo'lib erituvchi va erigan moddaning orasida o'zaro ta'sir ro'y bermaydi deb hisoblanadi. Sechenov qonuni. Eritmada elektrolitning konsentratsiyasi ortishi bilan gazning unda eruvchanligi kamayadi. N = N o e -kc N - gazning toza erituvchidagi eruvchanligi; k- Sechenev konstantasi, gaz va elektrolitning tabiatiga va haroratga bog'liq bo'lgan kattalik; c- elektrolit konsentratsiyasi. N o- gazning elektrolit eritmasidagi eruvchanligi. Elektrolit eritmalarida gazlarning eruvchanligini kamayishi gidratasiyaga bog'liqdir. Gidratasiya tufayli suv molekulalari ionlar atrofida bog'lanib qoladi va shu tufayli gazlarning eruvchanligi kamayadi. Suyuq eritmalar. Suyuq eritmalar odatdagi syuqliklarga o'xshash o'ziga xos strukturaga ega. Suyltirilgan eritmalarning xossalari erituvchinikiga o'xshab ketsa, konsentrlangan eritmalarning xossalari erigan moddaga o'xshab ketishi aniqlangan. Suyuq moddalarning suvda eruvchanligi turlicha. Ba'zi suyuqliklar masalan: spirt, glitsirin suvda cheksiz eriydi. Ba'zilari esa ma'lum miqdorda eriydi. Masalan - fenol sovuq suvda oz eriydi. Harorat ko'tarilganda uning eruvchanligi ortadi. 66,45o S dan yuqori haroratda esa uning eruvchanligi cheksiz bo'ladi. Bu haroratni kritik erish harorati deyiladi. Qattiq va suyuq moddalarning ...
![Eritmalar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
75.8 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
75.8 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: docx