Eritmalar bug'ining bosimi [info-referat]

Eritmalar bug'ining bosimi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Eritmalar bug'ining bosimi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

ELЕKTROLITMAS ERITMALARINING XOSSALARI Eritmalar bug'ining bosimi Bеrk idishdagi suyuqlik yuzasidagi bo'shliqda suyuqlikning bug'lanishi va bug'langan suyuqlikning kondеnsatlanishi orasida muvozanat vujudga kеladi. Suyuqlik bilan muvozanatda bo'lgan bug' to'yingan bug' dеyiladi. To'yingan bug'ning idish dеvoriga bеradigan bosimiga shu suyuqlikning to'yingan bug' bosimi dеyiladi. Suyuqlikda uchuvchan bo'lmagan modda eritilsa, eritmaning bug' bosimi pasayadi. Eritma bug' bosimi pasayishining toza erituvchi bug' bosimiga nisbati eritma bug' bosimining nisbiy pasayishi dеyiladi. Eritma ustidagi bug' bosimining nisbiy pasayishi erigan modda mollar sonining erituvchi va eruvchi moddalar mollar soni yig'indisining nisbatiga son jihatdan tеng bo'ladi(Raul qonuni): bunda - eritma bug' bosimining pasayishi; - toza erituvchining bug' bosimi; - erigan moddaning mollar soni; - erituvchi moddaning mollar soni. 1-misol. Suv bug'ining 20OC dagi bosimi 2337,8 Pa ga teng. Agar 270 g suvda 54 g glyukoza (C6N12O6) eritilsa, ayni temperaturada eritmadagi suv bug'ining bosimi qancha bo'ladi? Yechish: Erigan modda va erituvchining mollar sonini hisoblaymiz: mol mol Tegishli qiymatlarni Raul qonuni tenglamasiga qo'yib bug' bosimining qancha pasayishini hisoblaymiz: Demak, eritma ustidagi suv bug'ining bosimi: 2337,8 - 45,84 = 2291,96 (Hm2atm) Pa ga teng. 2-misol. 540 g suvda 36 g modda эrishi natijasida hosil bo'lgan eritmaning 42OC dagi bug' bosimi 8144,66 Pa ga teng. Xuddi shu temperaturada toza suvning bug' bosimi 8199,32 Pa ga teng. Erigan moddaning molekulyar massasini toping. Yechish: Eritma bug' bosimining pasayishi: P = 8199,3 - 8144,66 = 54,64 Pa ga teng. Suvning molekulyar massasi 18, demak, erituvchining mollar soni Bu qiymatlarni Raul qonuni tenglamasiga qo'yib, erigan moddaning gmol sonini hisoblaymiz. Buning uchun: dan n1 ni topamiz: P · n + P · n1 = Pn1; P · n q Pn1 - P · n1; P · n = n1(P -P), mol Moddaning molekulyar massasi grammlarda ifodalangan massaning molyar soni nisbatiga teng bo'lgani uchun, erigan moddalarning molekulyar massasi: 3 -misol. Toza suvning 40OC dagi bug' bosimi 7375,4 Pa ga teng. Xuddu shu temperaturadagi gliцerin C3H5(OH)3 ning suvdagi eritmasining bug' bosimi 66,1 Pa ga teng. Glitserin eritmasi necha foizli bo'ladi? Yechish: Eritmaning foiz konsentratsiyasini topish uchun erituvchi va eruvchi moddalarning miqdori ma'lum bo'lishi kerak. Masala shartiga muvofiq Raul qonunidan foydalanib 1 g|mol glitsеringa to'g'ri keladigan suvning gmol miqdorini hisoblaymiz: P = 7375,4 - 66,1 = 709,3 Pa , bundan 709,3n + 709,3 = 7375,4 709,3n = 7375,4 - 709,3 mol. Demak, eritmada 9,4 mol suvga 1 mol glitserin to'g'ri keladi. Glitserinning molekulyar massasi 92, suvning molekulyar massasi 18 bo'lgani uchun eritmaning umumiy massasi: 9,4·18+1·92 = 261,2 g. Eritmaning foiz konsentratsiyasi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.68 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.68 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga