Eritmaning ion kuchi [info-referat]

Eritmaning ion kuchi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Eritmaning ion kuchi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Eritmaning ion kuchi Kuchli elektrolit eritmasida barcha ionlar o'zaro ta'sirlashadi va bu ta'sir tabiati ancha murakkab. Eritmadagi barcha ionlarning elektrostatik ta'siri yig'indisini ifodalash uchun amerika olimlari G.N.Lyuis va M.Rendall eritmaning ion kuchi Jc tushunchasini kiritishgan. Jk=0,5Σ miz2i (3.1) bu ifodada mi-i ionning eritmadagi molyal kontsentratsiyasi; Zi-i-ionning zaryadi, soddaroq qilib aytganda eritmaning ion kuchi xar bir ion kontsentratsiyasini uning zaryadi kvadratiga ko'paytmalari yig'indisini yarimiga teng. Kontsentratsiyani zaryad kvadratiga ko'paytmalari barcha ionlar bo'yicha qo'shilladi. Analitik kimyoda suvli eritmalar uchun quyidagi ifodadan foydalanniladi. Jk=0,5Σ Siz2i (3.2) bu ifodada Si eritmani i ion bo'yicha molyarligi (molyar kontsentratsiyasi) 3.1 ifodadagi molyal kontsentratsiya 3.2 ifodada molyarlikga almashtirilgani sababli uni mutloq to'g'ri deb bo'lmaydi, chunki birinchidan:-molyallik 100g erituvchida erigan moddaning mol miqdori bo'lsa, molyarlik 1 litr eritmadagi erigan moddaning mol miqdori. Suyultirilgan eritmalar uchun kontsentratsiyani bu ikki xil birligini farqi yo'q. Ikkinchidan:- barcha analitik bildirgich (spravochnik)lar (3.2) tenglik asosida tuzilgan, shuning uchun ularga qiyoslanganda farqlar tekislashib xatolik kelib chiqmaydi. Bir zaryadli kation K+ va anion A- dan iborat, quyidagicha ionlarga ajraluvchi binar (yani faqat ikkita ionga dissotsiatsilanuvchi) kuchli elektrolitlarda (NaCl, KBr, NH4NO3 va x.k.o) ion kuchi quyidagiga teng. bu tenglikda S(K+)=C(A-)=C(KA)=C; Z+=1;Z-=-1 Ayni xol uchun eritmaning ion kuchi uning kontsentratsiyasiga teng Jk=C. Ikki zaryadli kation K+2 va ikki zaryadli anion A2- larga disotsilanuvchi binar elektrolit uchun tenglikda S=S(K2+)=S(A2-)=S(KA) va turdagi elektrolitlar uchun eritmaning ion kuchi: , bu yerda S-KA2 yoki K2A ning kontsentratsiyasi. turdagi elektrolit uchun eritmaning ion kuchi Jk =0,5(3c·12+c·32)=6c bunda S-K3A elektrolitning kontsentratsiyasi. Eritmada mavjud barcha ionlar kontsentratsiyalari Si va zaryadlari Zi malum bo'lsa, istalgan bitta yoki birnechta elektrolit saqlagan eritmaning ion kuchi yuqorida ko'rsatilgandek hisoblash mumkin. Ion kuchi (Jk) ning birligi kontsentratsiya birligi kabi. Ion kuchi hisoblanadigan tenglikda kontsentratsiya moll birligida ifodalangani uchun, ion kuchi ham ana shunday birlikda (moll)da bo'lishi tabiiy bo'lib, odatda birligi yozilmaydi. Eritmaning ion kuchi hisoblanganda tarkibidagi kuchsiz elektrolit (juda oz ionlashgani sababli) hisobga olinmaydi. Masalan natriy sulfat Na2SO4, kaliy bromid KBr va chumoli kislata HCOOH aralashmasidan iborat eritmaning ion kuchi hisoblanganda, faqat kuchli elektrolitlardan Na2SO4→;2Na++SO42-; KBr→K++Br-hosil bo'lgan ionlargina etiborga olinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.98 KB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.98 KB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga