Eruvchanlik ko'paytmasi Qiyin eriydigan moddalarning (CaSO4, AgCl, BaSO4 va boshqalar) to'yingan eritmasida cho'kma bilan erigan modda ionlari o'rtasida muvozanat qaror topadi. Masalan, 25oS da CaSO4 eritmasida: CaSO4 (q) = Ca2+ (s) + SO4 2-(s) [Ca2+ ]* [ SO4 2-] K= -- [CaSO4] Kasrning maxrajidagi K* [CaSO4]= K1 o'zgarmas qiymat bo'lib uni eruvchanlik ko'paytmasi (EK) deyiladi. Ayni haroratda qiyin eriydigan moddalarning to'yingan eritmasida ionlar konsentratsiyalari ko'paytmasi o'zgarmas son bo'lib shu moddaning eruvchanlik ko'paytmasi deyiladi. EK- haroratga bog'liq bo'lgan kattalik. EK= [Ca2+] *[SO42-]= 2,25*10-4 Juda ko'p moddalar uchun EK qiymati berilgan ( 15- jadval) va u moddalarning eruvchanligini hisoblashlarda ishlatiladi. Quyidagi jadvalga ko'ra eng yomon eriydigan birikma HgS deyish mumkin. Qator farmatsevtik preparatlar tahlilida cho'ktirish usuli keng qo'llaniladi, bu usul yomon eriydigan moddalarning eruvchanligiga asoslangan. Klinik tahlilda ham peshob tarkibini aniqlashda, oshqozon shirasi tekshirilganda, qon tarkibi va sanitariya- gigiyna tekshiruvlarida cho'ktirish usuli keng ko'lamda ishlatiladi. 15- jadval. 25oS da ba'zi qiyin eruvchan tuzlarning eruvchanlik ko'paytmasi Moddalarning suvdagi eruvchanligi va uning toksik ta'siri orasida bog'liqlik bor. Agar organizmga Al3+ kiritilsa erimaydigan fosfatlar hosil bo'lishi hisobiga raxit paydo bo'ladi. ...
![Eruvchanlik ko'paytmasi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
556 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
556 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:34 ]
Arxiv ichida: docx