FENOL, UNING TUZILISHI, MOLEKULADA ATOMLARNING O'ZARO TA'SIRI. SPIRTLARNING XOSSALARIGA SOLISHTIRGAN HOLDA, FENOLNING KIMYOVIY XOSSALARI. FENOLNING ISHLATILISHI, FENOLFORMALDEGID SMOLASI. Fenollar - aromatik birikmalar, gidroqsil gruppa benzol halqasiga bevosita bog'langan bo'ladi. Molekulasida gidroqsil gruppa miqdoriga qarab fenollar bir atomli, ikki atomli, uch atomli, benzol uchun olti atomli ham bo'ladi. Fenollardan farqli aromatik spirtlarda gidroqsil gruppasi yon zanjirda bo'ladi. Aromatik qatordagi bir atomli fenollarning umumiy formulasi : Ar - OH, bu yerda n≥6. Molekulyar massasi M = 14n + 10 Ayrim fenollarning formulalari va nomlanishi : Aromatik qatorning ikki atomli fenollari : Uch atomli fenolga pirogallol misol bo'ladi : Molekuladagi atomlarning o'zaro ta'siri to'g'risida tushuncha. Molekulani hosil qiluvchi atomlar yoki atomlar gruppasi bir - birlariga ta'sir qiladilar va moddaning kimyoviy xossalari shu ta'sirga bog'liq bo'ladi. To'g'ridan - to'g'ri bog'langan atomlar bir - birlariga kuchli ta'sir ko'rsatadilar. To'g'ridan - to'g'ri bog'lanmagan atomlarning o'zaro ta'sirlari ancha kuchsiz va atomlar bir - birlaridan uzoqlashgan sari bu ta'sir tez so'nadi. Masalan : -COOH - gruppasi qo'shni uglerod atomidagi vodorod atomiga eng kuchli ta'sir ko'rsatadi (ya'ni bu gruppaga nisbatan α - xolida turgan uglerod atomiga). Shuning uchun karbon kislotalarga galogenlar ta'sir ettirilganda α - galogenidlar hosil bo'ladi. Atomlarning o'zaro ta'siri elektron zichlikka, funksional gruppaga yoki undan siljish natijasida kimyoviy bog'larning qisman qutblanishi kuzatiladi. Natijada atomlarda elektron zaryaddan(C = O, - NO2, galogenlar). Bunday o'rinbosarlar uglerod atomlarining zanjirdagi elektron zichligini kamaytiradi (ayniqsa α - holatdagi) : Molekulada - elektrodonor (nukleofil) o'rinbosarlar (- CH3, - C2H5, metallar) mavjud bo'lsa, musbat induksion effekt yuzaga keladi. Nukleofil o'rinbosarlar vuglerod atomlari zanjiridagi (ayniqsa -α holatda) elektron zichlikni kuchaytiradi. Masalan : Elektron zichlikni tutash π - bog'lar zanjiri bo'yicha siljishiga (masalan benzol yadrosida) mezomer yoki M - effekt deyiladi. I - effektdan farqli o'laroq, mezomer effekt tutash bog'lar zanjiri bo'yicha susaymasdan beriladi. -OH, - NH2, - CH3 elektrodonor gruppalari benzol halqasida π - bog'lar zanjiridagi elektron zichlikni kuchaytiradi. (+M - effekt). O'rinbosar joylashgandagi uglerod atomiga nisbatan ayniqsa - orta va para - holatda turgan uglerod atomlarida elektron zichlikni ortishi sezilarli ...
![Fenol, uning tuzilishi, molekulada atomlarning o'zaro ta'siri [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
375.93 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
375.93 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:34 ]
Arxiv ichida: docx