Fizikaviy va fizik - kimyoviy usullarni sifat tahlilda qo'llanishi Kirish Sifat tahlilda, jumladan farmatsevtik tahlilda, ilgarigi boblarda bayon etilgan analitik reaksiyalardan tashqari, «Uskunaviy usullar» deb nomlanuvchi turli fizik - kimyoviy va fizikaviy usullar qo'llanadi. Bunday usullarni eng ko'p tarqalgan uch turi - optik, xromatografik va elektrokimyoviy usullar bo'lib, boshqa turlari kamroq qo'llanadi. Fizik - kimyoviy va fizikaviy usullarning nazariy asoslari va amalda qo'llanishi, analitik kimyo kursining bu masalalarga bag'ishlangan maxsus bo'limida, miqdoriy tahlilga bog'lab bayon etilgan. Bu bobda sifat tahlilda qo'llaniladigan bazi uskunaviy usullarning imkoniyatlari haqida tasavvur beruvchi, qisqa tasniflar bayon etiladi. Mustasno tarzda, farmakopeya sifat tahlilida keng qo'llanishi sababli, IQ - spektroskopik usuli batafsil bayon etildi. Tahlilning optik usullari tahlilning optik usullari, elektromagnit nurlar ta'sir etilgan moddaning optik: nurlanish, nur yutish, nurni tarqatish, qaytarish, sindirish, difraksiya, interferensiya yoki qutblantirish xossalarini o'lchashga asoslangan. Elektromagnit nurlarni moddaga ta'sir etish tabiatiga ko'ra tahlilning optik turlari: emission spektroskopiya, atom - absorbtsion, molekulyar absorbtsion spektroskopiya (fotometriya, fotoelektrokolorimetriya), lyuminestsent, nefelometrik, turbodimetrik, refraktometrik, interferometrik, polyarimetrik tahlil usullariga bo'linadi. Bundan tashqari, nurni kombinatsion tarqatilishiga (raman samarasi) asoslangan spektral tahlil va elektromagnit maydonni moddaga ta'sir etuvchi yadro magnit rezonans (YaMR), elektron - paramagnit rezonans (EPR), yadroviy gamma - rezonans spektroskopiya (Messbauer samarasi) va xoqazo turlari mavjud. Bu usullarning barchasi ham sifat tahlilda birdek keng qo'llanilmaydi. Masalan, farmakopeya tahlilida emission spektral tahlil atom + absorbtsion, molekulyar absorbtsion spektroskopiya, lyuminestsent, refraktometrik, polyarimetrik tahlil EPR, YaMR spektroskopiya va boshqa optik usullar nisbatan oz qo'llanadi. Tahlilning optik turlarida qo'llanadigan bazi tushunchalar. Elektromagnit nurlarni, (energiya), to'lqin uzunligi (yoki chastotalar) bo'yicha taqsimlanishi - spektr deyiladi. Atom va molekulyar spektroskopiya usulida moddaga yutilgan (absorbtsion), ajralib chiqqan yoki undan tarqalgan (emission) nurlarni spektral tarkibi o'rganiladi. Absorbtsion spektroskopiya - turli energiyalik nurlar to'plami (spektri)ni moddaga tanlab (selektiv) yutilishiga asoslangan. Emission spektroskopiya - qo'zg'algan energetik holatdagi modda energiyasini elektromagnit nurlar ko'rinishida ajralib chiqishiga asoslangan. Tahlilning optik usullarida qo'llaniladigan bazi o'lchov birliklar. Kvant nazariyasiga ko'ra sistemaga (molekula, atom, ion) energiya yutilganda yoki undan energiya ajralib chiqqanda energiya o'zgarishi quyidagicha ifodalanadi. ΔYe Ye´ - Ye´´ hν bu yerda: h - Plank doimiysi; ν - chastota, sm-1; Ye´ va Ye´´ - sistemaning qo'zg'algan va asosiy holatlardagi energiyasi. Monoxromatik (to'lqin uzunligi λ ≈ const o'zgarmas) nur - kvant hν energiyasi Ye, chastotasi ν, to'lqin uzunligi λ va to'lqin soni bilan tavsiflanadi: E = hν = hc ν = hc; = 1 λ = ν c bu yerda: s - elektromagnit nurlarni vakuumda tarqalish tezligi (yorug'lik tezligi). Polixromatik (λ≠const) ...
![Fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarni sifat tahlilda qo'llanishi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
188.29 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
188.29 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: docx