Gaz qonunlari Hajmiy nisbatlar qonuni .Fransuz olimi Gey-Lyussak gaz moddalarning ta'sirlashuvini tekshirib, o'zining hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta'riflanadi: O'zgarmas haroratda va bosimda reaksiyaga kirishgan gazlar hajmlarining o'zaro nisbati hamda reaksiya natijasida hosil bo'lgan gazlar hajmlariga nisbati butun kichik sonlar kabi bo'ladi. Masalan: H2O + Cl2 = 2HCl 1v 1v 2v 1:1:2 N2 + 3H2 = 2NH3 1v 3v 2v 1:3:2 Avogadro qonuni. Harorat OoS, bosim 101,325 kPa(760 mm simob ustuni, yoki 1 atmosfera) bo'lgan sharoit normal sharoit (n.sh.) deyiladi. Hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun italiya olimi Avogadro 1811 yilda quyidagi gipotezani oldinga surdi: Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va teng hajmda olingan gazlarning molekulalari soni o'zaro teng bo'ladi Bundan uchta xulosa kelib chiqadi: 1) normal sharoitda 1 mol har qanday gazning hajmi 22,4 l ga teng; 2) normal sharitda 1 mol modda tarkibida 6,O2*10 23 ta molekula mavjud bo'ladi. 3) bir xil sharoitda teng hajmli gazlar massalarining nisbati ular molekulyar massalarining nisbatiga teng bo'lib, bu nisbat birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi. m1 m2 = M1 M2; m1m2=D ; D = M1 M2 . Bu formuladan foydalanib gazlarning molyar massalarini hisoblab topish mumkin. Zichlik odatda havoga yoki vodorodga nisbatan o'lchanadi: Mgaz = 29 ,5* D havo Mgaz = 2 *Dvodorod Agar gazlarning normal sharoitdagi hajmi ma'lum bo'lsa(Vo) , uning miqdori quyidagicha aniqlanadi: n= Vo22,4. Boyl-Mariot qonuni. Doimiy haroratda ma'lum miqdor gazning bosimi uning hajmiga teskari proporsional. T = const P1*V1 = P2*V2 P1P2 = V2V1 Gey-Lyussak qonuni. O'zgarmas bosimda gazning hajmi uning mutloq haroratiga to'g'ri proporsional. P = const ; V1T1=V2T2 yoki VT = const. Sharl qonuni. O'zgarmas hajmda gazning bosimi uning mutloq haroratiga to'g'ri proportsional. V = const ; P1T1=P2T2; PT = const. Bu uchchala qonunni birlashtirilsa, gazlarning holat tenglamasi kelib chiqadi: P1*V1T1= P2*V2T2 P 1 , V 1 , T1 - ma'lum miqdor gazning bosimi, hajmi, harorati P 2, V2, T2 - shu gazning boshqa sharoitdagi bosimi,hajmi va harorati. Agar shu gazning normal sharoitdagi bosimi, hajmi, harorati hisobga olinsa Po*VoTo=R R- nisbat ma'lum miqdor gaz uchun o'zgarmas qiymatdir. Agar bu nisbat 1 mol modda uchun olinsa, uni gaz doimiysi deyiladi. Po= 101,325 kPa, To=273 T, Vo=22,4 l bo'lsa bu qiymat 8,31 Jmolga teng. Gazlarning parsial bosimi.Turli gazlar bir-biri bilan har qanday nisbatda aralashadi.Bunda har bir gaz o'zining parsial bosimi bilan tasniflanadi. Aralashmadagi alohida gazning parsial bosimi deganda, shu gazning bir o'zi aralashma hajmiga teng ...
![Gaz qonunlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.45 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.45 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: docx