Gibridlanish nazariyasi Atomlar orasidagi bog'lanish odatda har xil energetik holatlarda bo'lgan elektronlar orasida yuzaga keladi. Atom orbitallarning orniga hosil bo'lgan gibrid orbitallar molekula hosil qilishda bir-birini yaxshi qoplashi kimyoviy bog'ning mustahkam bo'lishiga va molekulaning energetik barqaror bo'lishiga sabab bo'ladi. Valent orbitallarning gibridlanish nazariyasi 1934 yilda J.Sleter va L. Poling tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga ko'ra kimyoviy bog' aralash yoki gibrid orbitallar hisobiga amalga oshadi. Gibridlanish jarayonida orbitallarning energiyasi va shakli o'zgaradi. Gibrid orbitallarning qoplanishidagi yuza alohida olingan orbitallardan ko'ra ko'proq bo'ladi. Gibridlanish jarayonida dastlabki atom orbitallarning soni o'zgarmay qoladi. sp- gibridlanish. Masalan, BeF2 molekulasini(17- rasm) olsak. Har bir ftor atomi bittadan juftlashmagan elektronlarga ega. Bu elektron kovalent bog' hosil qilishda ishtirok etadi. Berilliy atomi qo'zg'almagan holatda juftlashmagan elektronlarga ega emas. Berilliy atomi qo'zg'algan holatga o'tganda 2s holatda bir elektronga va 2p holatda bir elektronga ega bo'lib, bu elektron bulutlarning qo'shilishidan sp gibridlanish yuzaga keladi. Shunday qilib, berilliy xlorid molekulasi chiziqli tuzilishga ega. Valent bog'lar orasidagi burchak 180 o . Shu tariqa yuzaga kelgan bog'lanish sp-gibridlanish (17- va 18-rasmlar) deyiladi. 17-rasm.BeF2 molekulasini hosil bo'lishida 2s- va 2p-orbitallarining qoplashi. 18. rasm. sp-gibrid orbitallarining alohida hosil bo'lish sxemasi. sp2 gibridlanish. Bor ftorid molekulasida esa 1s va 2p orbitaldan uchta yangi sp2 gibrid orbitallar hosil bo'ladi. Bu yerda bog'lar orasida hosil bo'ladigan burchak 120o bo'ladi. Agar gibridlanish bitta s va ikkita p orbitallar ishtirokida hosil bo'lsa, bunday gibridlanish sp2 gibridlanish deyiladi. BCl3, SO3, CH2=CH2 molekulalarida sp2 gibridlanish mavjud. sp3-gibridlanish. Metan va uglerod(IV) xlorid molekulalarida esa bog'lanish hosil qilishda markaziy atom uglerod bo'lib, u qo'zg'algan holatda bir s va uchta p elektronga ega. Shuning uchun ham metanda markaziy atom sp3 (19-rasm) gibridlangan. Molekula tetraedrik tuzilishga ega, valent burchaklar bo'lsa 109o28' ni tashkil etadi. Markaziy atomdagi bo'linmagan elektronlar juftining molekula tuzilishiga ta'siri. Metan, suv va ammiak molekulalari(20-rasm) valent burchaklar qiymati metanda 109o28 ', ammiakda 107,5 o va suvda 104,5 o . Valent bog'lanishlar nazariyasiga ko'ra buning sababi, markaziy atomdagi bo'linmagan elektron juftlarning ta'siridir. Ammiak va suv qatorida markaziy atomdagi bo'linmagan elektronlar jufti bir juftdan to ikki juftgacha ortadi. Ana shu tufayli valent burchaklarda qisqarish kuzatiladi. Markaziy atomning gibridlanishi va undagi bo'linmagan elektronlarning molekula tuzilishiga ta'siri 22-jadvalda keltirilgan. SP- gibridlanish kuzatilgan BeF2,CO2 molekulalari chiziqli tuzilishga ega valent burchaklar 180o ga teng. Agar markaziy atom atrofida EA3 holatda bog'lanish amalga oshsa, markaziy atomning hosil gilgan burchaklari tekis (s+p) orbitallar ikkita sp orbital (s+p+p) orbitallar uchta sp2 orbital (s+p+p+p) orbitallar to'rtta sp3 orbital 19-rasm. Valent orbitallarining gibridlanishi. 20-rasm. Metan, ...
![Gibridlanish nazariyasi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.56 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.56 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: docx