Gidroliz, Gidroliz darajasi va doimiysi [info-referat]

Gidroliz, Gidroliz darajasi va doimiysi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Gidroliz, Gidroliz darajasi va doimiysi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Gidroliz. Gidroliz darajasi va doimiysi. Gidrolizlanuvchi tuzlar eritmalarining rN qiymatlarini hisoblash Eritilgan modda molekulalari erituvchi (solvent) molekulalari bilan turlicha ta'sirlashadi. Erigan modda ionlarini erituvchini neytral molekulalari bilan qurshalgandasolvatokomplekslar hosil bo'lishi solvatlanish, suvli eritmalarda esa gidratlanish deb ataladi. Gidratlanishning tipik jarayoni metall ionlari Mn+ bo'lgan suvli eritmada akvakomplekslarning hosil bo'lishidir: Mn++mH2O=[M(H2O)m]n+ Masalan, suvli eritmadagi nikel ionlarini Ni2+ akvakompleksi Ni2++6H2O=[Ni(H2O)6]2+ Gidratlanish va solvatlanishdan farqli o'laroq gidroliz va solvoliz jarayonlarining mohiyatini tushunmoq zarur: gidroliz va solvolz reaksiyalarida erituvchi molekulasi erigan modda bilan reaksiyaga kirishib, kuchsiz kislota yoki asos hosil qiladi. Suvda nikel kationlarini Ni2+ quyidagi tizimda suv molekulalari bilan ta'sirlashuvi gidroliz reaksiyasiga misol bo'ladi: Ni2++2H2O=NiON++H3O+ Bu tizimda soddalik uchun nikel (II) ionini qurshab turgan suv molekulalari ko'rsatilmagan. Xulosa qilib aytganda, erituvchi molekulasini ionlashuvi natijasida hosil bo'lsin ionlarbilan eritilgan moddani ta'sirlashuvi solvoliz deb ataladi. Gidroliz solvolizning xususiy xolidir. Suv molekulalari bilan eritilgan tuz ionlari reaksiyaga kirishganda, tuz ionlarini neytral (dissotsilanmagan) suv molekulalarining proton yoki gidroqsil guruhlari bilan birikuvi - gidroliz mohiyatini tashkil etadi. Gidrolizning lug'aviy manosi - «suv vositasida parchalash» demakdir. Suvli eritmalarda, kuchli asos kationi va kuchli kislota anionidan hosil bo'lgan tuzlar deyarli gidrolizlanmaydi. Masalan, kuchli elektrolitlar NaCl, KNO3 suvda Na+, K+ kationlari vaCl- NO3- anionlariga ajraladi: NaCl→ Na++ Cl- KNO3→ K++ NO3- Natriy va kaliy ionlari - tegishlicha kuchli asoslar ishqorlarning NaOH, KON kationlaridir. Ular gidrolizlanmaydi. Xuddi shunday xlorid va nitrat anionlari ham (suvli eritmada)kuchli xlorid HCl va nitrat NNO3 kislota anionlari. Bu anionlar suvli eritmada gidrolizlanmaydi. Aksincha, ammoniy xlorid NH4Cl va natriy atsetat CH3COONa kuchli elektrolitlar dissotsilanganda: NH4Cl→ NH4++Sl- CH3COONa→ Na++SN3SOO- Birinchi holda kuchsiz asosning ammoniy kationi NH4+ hosil bo'ladi, ikkinchi holda kuchsiz kislotaning atsetat anioni SN3SOO- hosil bo'ladi. Shuning uchun suvli eritmalarda ammoniyNH4+ va atsetat SN3SOO- ionlari gidrolizlanadi. Agar tuzning tarkibida kuchsiz asos kationi va kuchsiz kislota anioni bo'lsa, kation ham, anion ham gidrolizga uchraydi. Masalan, ammoniy atsetat SN3SOONH4, ammoniy tsianid NH4CN,suvli eritmada kation va anion bo'yicha gidrolizlanadi. Suvli eritmalarda tuzlarning gidroliz reaksiyasini ko'rib chiqamiz. a) natriy atsetat suvda eritilganda kuchli elektrolit sifatida ionlarga to'liq ajraladi: SN3SOONa→ Na++SN3SOO- Natriy kationi gidrolizlanmaydi, ammo hosil bo'lgan atsetat ioni gidrolizlanadi: SN3SOO-+ H2O= SN3SOON+ON- Natijada gidroqsil ionlari hosil bo'ladi. Tuz anionining gidrolizi natijasida (anion bo'yicha gidroliz ketganda) muhit kuchsiz ishqoriy bo'ladi. b) alyuminiy xlorid tuzi ham suvda ionlarga to'liq ajraladi: AlCl3→Al3++3Cl- hosil bo'lgan xlorid ionlari gidrolizlanmaydi, ammo alyuminiy kationlari gidrolizlanadi: Al3++2H2O= AlOH2++H3O+ AlOH2++2H2O= Al(OH)2++H3O+ Al(OH)2++2H2O= Al(OH)3+H3O+ Misolda keltirilgan kationning gidrolizi natijsida gidroksoniy ionlari hosil bo'ladi. Eritmaning muhiti kislotali bo'ladi. v) suvda kuchli elektrolit bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.92 KB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.92 KB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga