Ikkinchi, uchinchi analitik guruh anionlari va ba'zi organik anionlarning analitik reaksiyalari [info-referat]

Ikkinchi, uchinchi analitik guruh anionlari va ba'zi organik anionlarning analitik reaksiyalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Ikkinchi, uchinchi analitik guruh anionlari va ba'zi organik anionlarning analitik reaksiyalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Ikkinchi, uchinchi analitik guruh anionlari va bazi organik anionlarning analitik reaksiyalari Ikkinchi analitik guruh anionlarining: Cl-, Br- J- BrO3-, CN-, SCN-, S2- analitik reaksiyalari Kumush nitratning suyultirilgan nitrat kislotadagi eritmasi ikkinchi analitik guruh anionlarining guruh reagenti hisoblanadi. Kumush kationlari ta'sirida guruh anionlari suvda va suyultirilgan HNO3 eritmasida erimaydigan cho'kmalar hosil qiladi, faqat kumush sulfidi Ag2S isitilganda nitrat kislotada eriydi. Ikkinchi analitik guruhning barcha anionlari suvli eritmalarda rangsiz, ularni bariyli tuzlari suvda eriydi. Sulfid ioni S2- kuchli qaytaruvchi hisoblanadi (yod eritmasining rangini tez o'chiradi); xlorid - Cl-, bromid - Br-, yodid - J-, tsianid - CN-, tiotsionat - (rodanid) - SCN- (yoki NCS-) ionlarining qaytaruvchilik xossasi sulfid-ionining qaytaruvchilik xossasiga ko'ra kamroq (masalan, ular kaliy permanganat rangini o'chira oladi). Bromat BrO3- ioni kislotali muhitda samarali oksidlovchi hisoblanadi. Xlorid ionining Cl- analitik reaksiyalari. Xlorid-ioni bir negizli, kuchli, xlorid kislotaning anioni. Suvli eritmalarda xlorid-ioni rangsiz, gidrolizlanmaydi. Qaytaruvchi xossasiga ega, ko'pchilik metallar bilan barqaror xloridli komplekslar hosil qiluvchi samarali ligand hisoblanadi. Ammoniy, ishqoriy, ishqoriy yer va boshqa ko'pchilik metallarni xloridlari suvda yaxshi eriydi. Mis (I) xloridi CuCl, kumush (I) xloridi AgCl, simob (I) xloridi Hg2Cl2, qo'rg'oshin (II) xloridi PbCl2 suvda erimaydi. Kumush nitrati bilan (farmakopeya) reaksiyasi. Xlorid ionlari Cl- kumush kationlari Ag+ bilan kumush xloridi AgCl oq, pishloqsimon cho'kma hosil qiladi: Cl- + Ag+ → AgCl Kumush xloridi vaqt o'tishi bilan yorug'lik ta'sirida fotokimyoviy parchalanib, mayin disperslik kumush metali ajralishi hisobiga qorayadi. Cho'kma ammiak, ammoniy karbonat, natriy tiosulfat eritmalari ta'sirida kumush (I) ni eruvchan komplekslarini hosil qilib eriydi. Bajarish uslubi. Probirkaga 3-4 tomchi NCl, NaCl yoki KCl ertimalaridan olib, kumush xloridi, oq cho'kma hosil bo'lishi to'xtaguncha tomchilab, kumush nitrat eritmasidan tomiziladi. Kuchli oksidlovchilar bilan reaksiyalari. Xlorid-ionlari, kuchli oksidlovchilar (odatda kislotali sharoitda), masalan, kaliy permanganat KMnO4, marganets (IV) oksidi MnO2, qo'rg'oshin (IV) oksidi PbO2 va boshqalar ta'sirida molekulyar xlorgacha Cl2 oksidlanadi: 2MnO4- + 10Cl- + 16H+ → 2Mn2+ + 5Cl2 + 8H2O MnO2 + 2Cl- + 4H+ → Cl2 + Mn2+ + 2H2O Xlor gazi ajralib chiqishi namlangan yodid-kraxmal qog'ozni ko'karishi orqali aniqlanadi: Cl2 + 2J- → 2Cl- + J2 Molekulyar yod yodid-kraxmal qog'ozdagi kraxmal bilan ko'k rangli molekulyar kompleks hosil qiladi. Qaytaruvchilar, jumladan Vr-, J- ionlari bu reaksiyaga xalaqit beradi. Bajarish uslubi. Probirkaga 5-6 tomchi NSl, NaSl yoki KSl eritmalaridan olib, 5-6 tomchi kontsentrik KMnO4 eritmasi (yoki KMnO4 bir necha kristali) solinadi. 2-3 tomchi kontsentrik sulfat kislota tomizib, aralashma isitiladi (faqat mo'rili shkaf ostida!). Eritmaning avvalgi pushti - binafsha rangi sekin asta to'liq o'chib ketadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 129.27 KB
Ko'rishlar soni 550 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 129.27 KB
Ko'rishlar soni 550 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga