Indikatorlar haqida tushuncha [info-referat]

Indikatorlar haqida tushuncha [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Indikatorlar haqida tushuncha [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Indikatorlar haqida tushuncha Eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasiga qarab o'z rangini o'zgartiradigan moddalar indikator deyiladi. Indikatorlar bir rangli yoki ikki rangli indikatorlarga bo'linadi. Masalan, lakmus ikki rangli indikatorga kiradi, chunki u o'z rangini kislotali muhitda ham va ishqoriy muhitda ham o'zgartiradi. Fenolftalein indikatori bir rangli indikatordir. Bu indikator o'z rangini faqat ishqoriy muhitda o'zgartiradi. Universal indikator bir necha indikatorlar to'plamidan iborat bo'lib uni rangi anchagina keng chegarada o'zgaradi. Rangli jadval bilan solishtirish orqali bu indikator pH ni 0 dan 14 gacha ±1 aniqlikda topishga imkon beradi. Hozirgi paytda elektrometrik va kolorimetrik usulda pH ni aniqlash usullari ancha aniq usullardan hisoblanadi. pH ning tibbiytdagi ahamiyati. Biologik suyuqliklar, to'qimalar pH qiymati o'zgarmas qiymatga ega bo'ladi. Quyidagi jadvalda b'zi biologik suyuqliklarning pH qiymati keltirilgan.Bu jadvalga ko'ra odam organizmidagi turli suyuqliklarning pH qiymati anchagina keng chegarada o'zgaradi.Oshqozon shirasining pH qiymati 1 ga yaqin bo'lgan holda qon zardobining pH qiymati 7,4 ekanligi ma'lum. Qondagi, umurtqa pog'onasi-, miya suuyqligining pH qiymati, ko'z yoshlari, oshqozon shirasi doimiy pH qiymatiga ega. Biologik suyuqliklarda pH ning doimiyligi bufer tizimlar tufayli ushlab turiladi. Ba'zan toqimalarda ketayotgan reaksiyalardagi fermentlarning biologik faolligi suyuqliklarning pH(16-jadval) qiymatiga bog'liq. Oshqozon shirasi fermenti pepsinning faolligi pH=1 eng faol hisoblanadi. Oqsillar va peptidlar girolizini kuchaytiradigan oshqozon osti bezlari - tripsin va ximiotripsinning faolligi kuchsiz ishqoriy muhitda yuqoridir. 16- jadval. Ba'zi biologik suyuqliklarning pH qiymati Qondagi pH ning odatdagi holatdan (pH=7,4) kislotali muhitga qarab o'zgarishi atsidoz deyiladi. Agar o'zgarish ishqoriy muhitga qarab borsa alkaloz deb ataladi. Oshqozon shirasining muhitini aniqlash klinik tekshiruvlarda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 483 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 483 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga