Ion bog'lanish [info-referat]

Ion bog'lanish [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Ion bog'lanish [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Ion bog'lanish Ionlar orasida elektrostatik tortishish kuchlari ta'sirida yuzaga keladigan bog'lanish ion bog'lanish deyiladi. Ion bog'lanish elektromanfiyligi bo'yicha katta farq qiladigan atomlar orasida hosil bo'ladi. 2,81 2,81 C : Cl qutbsiz kovalent bog'lanish 2,1 2,81 H : Cl qutbli kovalent bog'lanish 1,01 2,81 Na : Cl ion bog'lanish Ion bog'lanish hosil bo'lish mexanizmi kovalent bog' hosil bo'lish mexanizmiga o'xshaydi. Avval umumiy elektron juft hosil bo'ladi. So'ngra bir yoqlama qutblanish hisobiga bu elektron juft elektromanfiyligi yuqoriroq bo'lgan atom tomonga siljiydi.   Na - e  Na + Na:Cl:  Na + :Cl: - Cl + e  Cl -   Kovalent va ion bog'lanishlar hosil bo'lish mexanizmlari o'xshash bo'lib, umumiy elektron juftining qutblanish darajasi bilan farq qiladi. Agar =0 bo'lsa, qutbsiz kovalent bog', 0  4 bo'lsa, qutbli kovalent bog',  4 ion bog'lanish yuzaga keladi. Ion bog'lanishli birikmalar qiyin suyuqlanadigan qattiq moddalardir. Osh tuzi NaCl ning suyuqlanish harorati T suyuq 800 0C, KCl niki T suyuq 768 0C. Ion bog'lanishli moddalarning suvli eritmalari, hatto suyuqlanmalari elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Ion bog'lanish ionlararo o'zaro ta'sir natijasida hosil bo'ladi.Har qaysi ionni zaryadlangan shar deyish mumkin. Ionning kuch maydoni fazoda hamma yo'nalishda bir tekisda tarqala oladi, ya'ni o'ziga qarama-qarshi zaryadli ionni har qanday yo'nalishda ham bir tekis torta oladi. Demak, ion bog'lanish yo'naluvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bundan tashqari, manfiy va musbat ion o'zaro birikkan bo'lsa ham, har bir ion o'ziga qarama-qarshi zaryadli boshqa ionlarni ham o'ziga torta oladi. Demak, ion bog'lanish to'yinuvchanlik xossasiga ega emas. Ion bog'lanish to'yinuvchanlik va yo'naluvchanlik xossalariga ega bo'lmagani uchun har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda qarama-qarshi zaryadli ionlar bo'ladi. Ionlarning maksimal miqdori kation va anionlar radiuslarining bir-biriga nisbatan katta-kichikligiga bog'liq. Masalan, Na+ ioni atrofida eng ko'p 6 ta Cl - ioni Cs + ioni atrofida esa ko'pi bilan 8 ta Cl - ioni bo'ladi. Biri musbat, biri manfiy iondan iborat ion bog'lanishli molekulalar odatdagi sharoitda yakka-yakka holda mavjud bo'la olmaydi.Ular o'zaro birikib juda ko'p molekulalardan iborat kristallarni hosil qiladilar. Shuning uchun NaCl, CsCl emas, Na nCln ; CsnCln yozish to'g'riroq bo'ladi. Ion bog'lanishda yo'naluvchanlik va to'yinuvchanlik xossasi bo'lmagani uchun ionlarning assosilanish xossalari yuqori bo'ladi.Osh tuzining gazsimon holatida NaCl molekulalari bilan bir qatorda (NaCI)2 va (NaCl)3assosiatlari ham mavjud. Suyq holatga o'tganda, ayniqsa qattiq holatda ion birikmalarning assosilanishi yanda kuchayadi. Shu sababli ion bog'lanishga ega bo'lgan birikmalar yuqoti suyqlanish va qaynash haroratiga ega. Ionli birikmalarning eritmalarida molekulalar yo'q. Ular qutbli erituvchilarda(suv,spirtlar, ammiak) oson eriydi va ...


Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.27 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.27 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga