Ionli reaksiyalar va ionlar muvozanatining siljishi Barcha elektrolitlar ishtirokida amalga oshadigan reaksiyalar ionlar orasida amalga oshadi. Bunday reaksiyalar ionli reaksiyalardir. Ion almashinish reaksiyalariga quyidagilar kiradi: 1. Neytrallanish reaksiyalari. Kislota va asoslarning o'zaro ta'siri tufayli tuz va suv hosil bo'lish reaksiyasidir: 2NaOH+H2SO4=Na2SO4+2H2O (reaksiyaning molekulyar tenglamasi) 2Na++2OH-+2H++SO42-=2Na++SO42-+2H2O (to'liq ionli tenglama) OH-+H+=H2O (qisqartirilgan ionli tenglama) 2. Reaksiya paytida kuchsiz elektrolitlarning hosil bo'lishi ham ion almashinuv reaksiyalari tufayli sodir boladi: KCN+HCl=HCN+KCl K++CN-+H++Cl-=HCN+K++Cl- CN-+H+=HCN 3.Reaksiya davomida yomon eriydigan moddalar hosil bo'lishi yuz bersa: Na2CO3+CaCl2=CaCO3+2NaCl 2Na++CO32-+Ca2++2Cl-=CaCO3+2Na++2Cl- CO32-+Ca2+-=CaCO3 4.Ba'zi reaksiyalarda reaksiya boshida olingan cho'kma reaksiya davomida eritmaga o'tishi mumkin. Bu paytda eruvchanlik yaxshilanadi yoki reaksiya davomida gaz modda hosil bo'lishi kuzatiladi. CaCO3+2HCl =CaCl2+H2O+CO2 CaCO3+2H++2Cl- =Ca2++2Cl-+H2O+CO2 CaCO3+2H+ =Ca2+-+H2O+CO2 AgCl+2NH4OH=[Ag(NH3)2]Cl+2H2O AgCl+2NH4OH=[Ag(NH3)2]++Cl-+2H2O FeS+2HCl=FeCl2+H2S FeS+2H++2Cl- =Fe2++2CI-+H2S FeS+2H+=Fe2+ +H2S 5.Reaksiya paytida gaz moddalarning hosil bo'lishi orqali ham ion almashinish reaksiyalari yuzaga keladi: Na2SO3+2HCl=2NaCl+H2O+SO2 Na2++SO32-+2H++2Cl- =2Na++Cl-+H2O+SO2 SO32-+2H+ =H2O+SO2 6.Reaksiya davomida kompleks birikmalar hosil bo'lsa: CuCl2 +4 NH4OH=[Cu(NH3)4]Cl2+4H2O 2Al+6NaOH+6H2O=2Na3[Al(OH)6]+3H2 2Al+6Na++6OH-+6H2O=6Na++[Al(OH)6]3-+3H2 2Al++6OH-+6H2O=[Al(OH)6]3-+3H2 BiI3 +KI=K[BiI4] BiI3 +K++I-=K++[BiI4]- BiI3 + +I-=[BiI4]- Ionlar orasidagi reaksiyalar doimo muvozanatda bo'ladi.Agar sirka kislota eritmasiga nariy asetat qoshilsa muvozanat chapga, ya'ni molekulalar hosil bo'lishi tarafiga qarab siljiydi: CH3COOH CH3COO-+H+ Eritmaga kuchsiz elektroliti bilan bir xil ionga ega bo'lgan elektrolit qo'shilsa muvozanat kuchsiz elektrolitning dissotsiyalanish darajasi kamayish tarafiga qarab suriladi.Agar, sirka kislota eritmasiga biror kuchli kislota, masalan, HCl qo'shilsa muvozanat ionlar konsentratsiyasini kamayishi (chapga) tarafiga qarab siljiydi. Ionlar konsentratsiyasi ortishi uchun bu eritmaga ishqor qo'shish kerak bo'ladi. Kam eriydigan tuz MnS(q) xlorid kislotada eritilsa erish jarayoni oson sodir bo'ladi: MnS(q) + 2 HCl = MnCl2 + H2S MnS(q) + 2H+ = Mn2+ + H2S Eruvchanlik ko'paytmasiga ko'ra EK MnS =2,5*10-10 ga teng. KH2S=6*10-22 . Shuning uchun muvozanat o'nga surilgan. Shunday muvozanat mis sulfidi va xlorid kislota eritmasi orasida sodir bo'lishi kuzatilsa: CuS(q) + 2HCl = CuCl2 + H2S EK CuS= 6*10-36; bu qiymat H2S ning dissotsiyalanish konstantasidan ancha kichik shuning uchun muvozanat bu jarayonda chapga siljigan. Mis sulfidi xlorid kislotasida erimaydi. Ba'zan gidroliz reaksiyalaridagi muvozanatni siljishiga ham ionlarning qoshilishi ta'sir etadi: FeCl3+H2OFeOHCl2+HCl Fe3++3Cl-+H2O FeOH2++2Cl-+H++Cl- Fe3++H2O FeOH2+ + H+ Muvozanatni o'ngga siljitish uchun suyultirish yoki H+ ionlarini bog'lash , yani ishqor qo'shish kerak. Muvozanatni chapga surulishi uchun esa eritmadagi H+ ionlarini ko'paytirish talab etiladi. Neytrallanish reaksiyalari laboratoriyalarda oshqozon shirasi kislotaligini aniqlashda, xlorid, sulfat, borat kislota kabi anorganik kislotalarni aniqlashda, sirka, benzoy, limon, salitsilga o'xshash organik kislotalarining miqdoriy aniqlash uchun ishlatiladi. ...
![Ionli reaksiyalar va ionlar muvozanatining siljishi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.08 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.08 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: docx