Issiqlik almashinish qurilmalari Reja. 1.issiqlik almashinish qurilmalari klassifikatsiyasi. 2.issiqlik almashinish apparatlari vazifalari. 3.issiqlik almashinish apparatlarini tanlash. 4.Kobik trubali issiqlik almashtirish qurilmalari klassifikatsiyasi. 5.Bir va ko'p yulli kobik trubali issiqlik almashinish apparatlari. U - simon trubali isiklik almashinish apparatlari. Linza kompensatorli issiqlik almashinish apparatlari. Trubali issiqlik almashinish apparatlari asosiy elementlari. issiqlik almashinish apparatlarini hisoblash. Adabiyotlar. 1.Mashina i apparati ximicheskix proizvodstv. I.I. Ponikarov i dr. M. Mashinostroenie , 1989. [5 - 46 betlar]. 2.Spravochnik nefteximika. Pod red-siey S.K.Ogorodnikova L: Ximiya, 1978 . [174 - 248]. 3.M.G.Rudin., A.Ye.Drabkin. Kratkiy spravochnik neftepererabotchika. L: Ximiya 1980. [253 - 273 ] . Issiqlik almashinish qurilmalari xom-ashyo va tayyor mahsulotlarlirni isitish va sovutishda ishlatiladi. Neft kiyosi va neftni qayta ishlash korxonalarida issiqlik almashinish apparatlari umumiy qurilmalarning 50 % ini tashkil qiladi. Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash prinsipiga ko'ra rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bo'linadi. Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bo'lib, issiqlik shu devor orqali o'tkaziladi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida qattiq jismdan tashkil topgan birta yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo'ladi, natijada bu jism bir issiqlik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan o'zaro kontaktda bo'ladi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari o'z navbatida qobiq - trubali, truba ichida truba tipidagi, zmeevikli, plastinali, g'ilofli, spiralsimon, qovurg'ali va boshqa turlarga bo'linadi. Neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatida asosan sanab o'tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng qo'llaniladi. Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar to'plamidan tashkil topgan bo'lib, umumiy apparatlarning 80% ini shu turdagi qurilmalar tashkil qiladi. Bunda trubalar ikki tomondan truba to'riga qotirilgan bo'ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba to'ri bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo'shliq hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo'shlig'i yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi bo'shliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho'kma hosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo'shlig'idan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni intensivroq olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo'shlig'i ham ko'p hollarda bir necha yo'lli qilib tayyorlanadi. Bir yo'lli qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmai, qobiq 1, truba to'rlari 2, trubalar 3, qopqoq 4, issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va prokladka 8 dan iborat (1 - rasm). Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko'p yo'lli isitkichlar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo'lganda ularning trubalardagi ...
![Issiqlik almashinish qurilmalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
73.48 KB
Ko'rishlar soni
601 marta
Ko'chirishlar soni
60 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
73.48 KB
Ko'rishlar soni
601 marta
Ko'chirishlar soni
60 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: docx