Katalitik kreking Reja: Avtomobil benzinlari olish usullaridan bo'lmish neft mahsulotlarini katalitik qayta ishlash texnologiyasi. Katalitik kreking va mexanizmi. katalitik krekinglash jarayonida ishlatiladigan katalizatorlar va jarayonda olinadigan mahsulotlar. 1. Katalizator ishtirokida boruvchi krekinglash jarayonlari - katalitik krekinglash deyiladi. Bu vaqtda boruvchi barcha reaksiyalar termik kreking vaqtida boradigan reaksiyalarga o'xshash. Kreking vaqtida katalizatorni ishlatilishi uglevodorodlarni hosil bo'lish kimyosiga va mahsulotlar tarkibiga malum ta'sir o'tkazadi. Yutuqlari: Katalizatorni ishlatish reaksiya borishini tezlatib, temperatura va bosimni ancha pasaytirishga erishiladi. Tanlab katalizator olinishi kreking vaqtida chiquvchi benzin fraksiyasida yuqori oktanli aromatik, izoparafin, izoolefin uglevodorodlarini to'planishiga olib keladi. Jarayon: T = 450-500°S R = 1,5 atm.gacha. bo'lgan sharoitda olib boriladi. Xom ashyosi neftni to'g'ridan-to'g'ri haydashdan chiquvchi (300-550°S qaynaydigan) fraksiya. Bu fraksiya avtomobil benzinlarini olishda ishlatiladi. Aviabenzin olish uchun 240-360°S da chiqadigan kerosin - solyarka fraksiyasi ishlatiladi. Katalizator sifatida tabiiy sintetik va aralash alyumosilikatlar ishlatiladi. Tarkibi: 10-23% A12O3 - miqdori oshishi bilan katalizator aktivligi ortadi. 80-75% SiO2. MgO, CaO, FeO, Na2O - primeslari ham bo'lishi mumkin. 5-8% -tabiiysida, 0,1- 0,01% sintetik katalizatorlarda. Neftlar katalitik kreking vaqtida turli parchalanishga: yon bog'larini uzilishi, degidrirovanie, izomerizatsiya, halqani uzilishi va h.k. reaksiyalar uchraydi. Aromatik uglevodorodlar (benzol, naftalin) katalitik kreking jarayoniga chidamli bo'lib, amalda o'zgarmay qoladilar. Katalitik kreking vaqtida olinadigan benzinlarda to'yinmagan uglevodorodlar kam bo'lib, parafin, naften va aromatik uglevodorodlarni miqdori termik kreking vaqtidagiga nisbatan ko'pdir. Masalan, A1-silikat katalizator (benzin olishda) Katalitik kreking vaqtida koks hosil bo'lishi olefin uglevodorodlarini kondensatsiyaga uchrashi hisobiga sodir bo'ladi. Kondensatsiyalanish dastlabki va oraliq krekinglash mahsulotlari ishtirokida borib, hosil bo'lgan koks katalizator ustida regeneratsiya (dastlabki holatiga olib kelish) qilinadi. Bu jarayon katalizator ustki qismidagi koksni 600-650°S da yoqish bilan amalga oshiriladi. Regeneratsiya qilingan katalizator miqdorini (malum vaqt birligi ichida) xom ashyo miqdoriga nisbati aylanish davomn (kratnost tsirkulyatsii) N = RB hisoblanali, bunda R - katalizator miqdori, tch; V - xom ashyo miqdori, tch. Agar N = 10 bo'lsa, hom ashyoning bir qismga reaktorda 10 xissa miqdorda regeneratsiya (tiklanish) qilingan katalizator to'g'ri kelayapti degani. Gidrokreking. Termik va katalitik krekinglash vaqtida gaz va benzin bilan birga yuqori molekulali, vodorodi miqdori kam bo'lgan reaksiya mahsulotlari hosil bo'ladi. Agar N miqdori (mahsulotdagi) NS ·100, % unda quyidagi qiymatlar olish mumkin: Mahsulot NS · 100, % Neft qoldiqlari - 12 - 14 Benzin - 17-18 Gaz - 20. Bundan ko'rinadiki, xom ashyoni to'liq benzinga aylanishi uchun N etishmas ekan. Termik kreking vaqtida N yetishmasligi benzin chiqishini chegaralab, to'yinmagan uglevodorodlarni miqdorini oshishiga olib keladi. To'yinmagan uglevodorodlar keyin, yig'ilib-yig'ilib (zichlashib) koks hosil qiladi. Katalitik kreking ...
![Katalitik kreking va mexanizmi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.33 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.33 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx