Katalitik riforming. Gidrogenizatsion jarayonlar Reja: Katalitik riforming jarayoni va uning mexanizmi. Katalitik riforming jarayoni xom ashyosi, parametrlari va unda hosil bo'luvchi mahsulotlar. Gidrogenizatsion jarayonlar mexanizmi va unda foydalaniladigan katalizatorlar. Naften va parafin uglevodorodlarining katalitik reaksiyalarini o'rganish natijasida akademik Zelinskiy boshchiligida siklogeksan uglevodorodlarini degidridlab, aromatik uglevodorodlar sintez qilishga erishildi. 1936-1937 yillarda xrom oksidi katalizatorligida 450 - 470ºS da parafin uglevodorodini aromatik moddalarga aylantirish reaksiyalari kashf etildi. Bu reaksiyalar alkanlarni degidrosikllash nomini oldi. Bunday reaksiyalarda kamida oltita uglerod atomlari bo'lgan parafin zanjiri va natijada hosil bo'lgan naften uglevodorodi aromatik uglevodorodgacha degidridlanadi. Oksidli katalizator yuzasida dastlab alkanga degidridlanadi va u keyin sikllanishga quyidagicha uchraydi. CnH2n+2 → CnH2n(alif) + H2 SnH2n(halqa) CnH2n-6 + 3H2 Umumiy holda bu jarayonni ng reaksiyasini quyidagicha yozish mumkin: CnH2n+2 → CnH2n-6 +4H2 Shunday usul bilan geksandan benzol, geptandan toluol, oktan va nonanlardan aromatik uglevodorodlar aralashmalarini olish amalga oshiriladi. Aromatik uglevodorodlar olish reaksiyalarida olefin va siklopentan uglevodorodlaridan ham foydalanish mumkin. Bu reaksiyalar oksidli katalizatorlar ishtirokida borish tezlashadi. Turli sinf uglevodorodlarini oksidli va metall katalizatorlar ishtirokida yuqori haroratda aromatik uglevodorodlariga aylanish moyilligi quyidagi qator bo'yicha ifodalanadi: siklogepsenli; siklogeksanli; siklopentanli; olefinli; parafinli. Yuqorida keltirilgan jarayon, yani naften, parafin, olefin va boshqa uglevodorodlarni katalizatorlar ishtirokida aromatik uglevodorodlarga aylantirish, sanoat miqyosida katalitik riforming nomi amalga oshirib kelinmoqda. Bu reaksiyalarda katalizator yuzasini koks bilan tezlikda qoplanishi sodir bo'ladi. Shu sababli bu vaqtda qo'shimcha tarzda boruvchi zichlanish va kondensatsiyalanish reaksiyalarini to'xtatish va katalizatorlarni ishlash muddatlarini oshirish uchun katalitik riforminglash jarayoni vodorod gazini atmosferasida olib boriladi. Le-Shatele prinsipiga va massalar ta'siri qonuniga muvofiq degidridlash va degidrosikllanish reaksiyalarida vodorodning bosimini oshishi reaksiya muvozanatini o'ng tomondan chapga siljitadi: S6N12 ↔ S6N6 + 3N2 S6N14 ↔ S6N6 + 4N2 Bundan tashqari vodorod bosimi qanchalik yuqori bo'lsa, klksni hosil bo'lishi shuncha kamayadi. Katalitik riforming jarayonlari ichida gidroforming jarayoni eng birinchi bo'lib o'zlashtirildi. Bu jarayon 480 - 550ºS temperatura va vodorod bosimi15 - 25 atm bo'lganida alyumomolibden katalizatori ishtirokida (MoO3Al2O3) olib boriladi. Hozirgi kunda katalitik riforming jarayoni qurilmalarida platinali katalizatorlar qo'llanganligi sababli bu jarayon platforming nomini oldi. Platina katalizatori alyuminiy oksididan tashkil topgan bo'lib, unga 0,6 % platina qo'shilgan. Jarayon 470 - 540ºS atrofida va vodorod bosimi 14 - 15 atm bo'lgan sharoitda olib boriladi. Qurilmada ishlatiladigan aylanuvchi gaz tarkibida 75 - 90% vodorod bo'lishi kerak. Kokslanish bu vaqtda keskin kamayib katalizator uzoq muddat ishlashi mumkin (6 oy, 1-2y.). Katalitik riforming jarayonini olib borishdan asosiy maqsad - avtomobil benzinlarini oktan sonini oshirish va aromatik uglevodorodlarni (benzol, toluol, ksilol) neft xom ashyosidan ajratib ...
![Katalitik riforming, Gidrogenizatsion jarayonlar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.03 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.03 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx