Kation va anionlar aralashmasining tahlili [info-referat]

Kation va anionlar aralashmasining tahlili [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kation va anionlar aralashmasining tahlili [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kation va anionlar aralashmasining tahlili (Moddaning kimyoviy sifat tahlili) Kirish Mazkur bobda bayon etilgan, moddaning kimyoviy sifat tahlilidan maqsad, modda qanday kation va anionlardan tarkib topganligini aniqlash, yani analitik reaksiyalar vositasida aralashmadagi har bir kation yoki anionni ochishdan iborat. Aralashmadagi kation va anionlarni ochish uchun analitik reaksiyalardan tashqari, fizik - kimyoviy va fizikaviy usullar ham keng qo'llaniladi ular haqida keyingi 20 - bobda bayon etiladi. Tahlil etiluvchi namuna qattiq modda (bita qattiq faza yoki bir necha xil qattiq fazalar aralashmasi) yoki cho'kmali, hamda cho'kmasiz suvli eritma xolida bo'lishi mumkin. Shuningdek, suvsiz erituvchidagi eritma xolida ham bo'lishi mumkin, ammo aksariyat holda suvli eritmalar tahlil etiladi. Gaz xoldagi moddalarning tahlili mazkur darslikda ko'rilmaydi. Tahlil etiluvchi qattiq modda tanlangan erituvchida (1 bob, 1.5.2. Namunani eritishga qaralsin) eritiladi yoki soda, potash, natriy gidrosulfat, ishqor bilan suyuqlantirib, eriydigan holatga o'tkazilib, keyin eritiladi. Hosil bo'lgan eritmadan kation va anionlar ochiladi. Agar tahlil etiluvchi namuna eritmasi cho'kmalik bo'lsa, cho'kma eritmadan ajratib olinadi va tegishli erituvchi (SH3SOON, HCl, HNO3, H2SO4, zar suvi, ammiak, ishqorlar, kompleks hosil qiluvchi reagentlar erimalari) ta'sirida eritiladi. Cho'kma keltirilgan erituvchilarda erimasa uni qizdirib yoki biror reagent bilan suyuqlantirib, eruvchan moddaga aylantirildi, so'ngra suv yoki kislotada eritiladi. Shundan keyin bevosita cho'kmadan hosil bo'lgan eritmalar tahlil qilinadi. Umumiy holda moddaning kimyoviy sifat tahlili quyidagi asosiy bosqichlar: moddani tahlilga tayyorlash va o'rtacha, namuna hosil qilish undan esa tahlil uchun namuna olish; dastlabki kuzatuv va sinovlar; tahlil etiluvchi namunani eritish, hamda kationlar, anionlarni ochishdan iborat. Moddani kimyoviy sifat tahlilga tayyorlash Tahlil etiluvchi qattiq moddaning tashqi ko'rinishi, rangi, xidi, donadorligi (kukun, yirik yoki mayin zarralar aralashmasi) kristall yoki amorf fazalar mavjudligi sinchiklab kuzatiladi. Keyin namuna linza yoki mikroskop ostida kuzatiladi. Aksariyat xollarda, shunday tashqi kuzatuv natijasida modda bir jinsli yoki bir necha kristall yoki amorf fazalardan tarkib topgani, ularni o'lchamlari haqida tasavvur hosil bo'ladi. Tahlil etilayotgan namunaning rangiga ko'ra unda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan bazi kationlar haqida taxmin qilinadi. Agar tekshiriluvchi modda oq bo'lib, uning eritmasi rangsiz bo'lsa demak, unda rangli kationlar xrom (II) Cr3+ (ko'k - binafsha), marganets (II) Mn2+ (och pushti), temir (II) Fe3+ (sarg'ish - qo'ng'ir), kobalt (II) Co2+ (pushti), nikel (II) Ni2+ (yashil) mis (II) Cu2+ (ko'k) saqlanmaydi. Agar namuna rangli bo'lsa, unda rangli kationlardan biri mavjudligi taxmin qilinadi. Namunada bir necha rangli kationlar, bo'lganda turli rangdagi kationlarning kimyoviy tabiati, miqdoriy nisbatiga ko'ra, o'rtacha rang namoyon bo'ladi. Tahlil etiluvchi qattiq namuna bir jinsli bo'lmasa va suvda yaxshi erimasa u, bir jinslik bo'lguncha, tuyiladi. Mayda zarrachalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.24 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.24 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga