Kationlarni vodorod sulfidli (sulfidli) tahlili 1. Kirish Kimyoviy sifat tahlilning asosiy maqsadi u yoki bu ionni ochish (identifikatsiyalash ayniyatlash), yani tahlil etiluvchi eritmada ionni bor yoki yo'qligini isbotlashdan iborat. Bu masalani hal etishning eng maqbul va qulay vositasi tahlilning kasrli usulidir, yani ionlar aralashmasidagi har bir ionni o'ziga xos, spetsifik reaksiya bilan ochishdir, ammo bunday reaksiyalar juda oz. Odatda, bir emas, bir necha ionlar analitik reagent bilan turli mahsulotlar hosil qilib, aralashmadagi har bir ionni alohida va bexato ochishga halaqit beradi. Kation va anionlarning tizimli tahlilida, bir guruh ionlar bilan bir xil analitik samara (tashqi belgi) beruvchi guruh reagentlar juda keng qo'llanadi. Masalan, xlorid-ionlari CI-, eritmadagi kumush Ag+, simob (I) Hg22+, qo'rg'oshin Pb2+ kationlarini bir xil oq rangli; - Ag CI, Hg2 CI2, va Pb CI2 cho'kmalar xolida cho'ktiradi, yani xlorid ioni vositasida suvli eritmalarni kationlarning butun bir guruhidan tozalash mumkin (qo'rg'oshin xloridi suvda nisbatan ko'proq erigani sababli qisman eritmada qoladi). Shuningdek sulfat anioni SO42- eritmadan - kaltsiy Sa2-, strontsiy Sr2+, bariy Va2+, qo'rg'oshin Pb2+ kationlar guruhini suvda oz eruvchan sulfatlar Ca SO4, SrSO4,Va SO4 va Pb SO4 holida cho'ktiradi. Kumush kationlari Ag+ suvli eritmalardan CI-, Vr-, J-, CN-, SCN-, VrO3-, S2- anionlar guruhini baravariga kumushning oz eruvchan tuzlari - AgCI, AgVr, AgJ, AgCN, AgSCN AgVrO3, Ag2S holida cho'ktiradi. Yana boshqa guruh reagentlari ham qo'llanadi. Xalaqit beruvchi tarkibiy qisimlarni muayyan izchillikda ajratib, bajariladigan tahlil tizimli (sistematik) tahlil deyiladi. tahlilning tizimli usulida avval guruh reagentlari vositasida murakkab aralashmadan kationlar guruhi ajratib olinadi, so'ngra har guruh ichidagi kationlar tegishli reaksiyalar vositasida ajratilib alohida kationlar ochiladi. Kationlarni analitik guruhlar bo'yicha tasniflari tahlil uchun qo'llangan turlicha guruh reagentlarga muvofiq ravishda kationlar alohida analitik guruhlarga ajratilgan va shunga ko'ra kationlarning kimyoviy sifat tahlil usullari tegishlicha: vodorodsulfidli (sulfidli), ammiak-fosfatli, kislota-asosli, karbonatli, biftalatli, sulfid - asosli, tioatsetamidli usul deb nomlanadi. Bu tasniflardan amalda uchtasi sulfidli, ammiak-fosfatli, kislota - asosli tasniflar ko'proq qo'llanadi, biroq sulfidli tasnif zaharli vodorod sulfidini olish va uzoq muddat qo'llashni talab etgan sababli keyingi o'n yilda tobora kam qo'llanilmoqda. Sifat yarimmikrotahlil usulini vodorodsulfidsiz*-ammiak-fosfatli, kislota-asosli usullari ishlab chiqilgan, ammo kationlarning tizimli tahlili, farmatsiyada, to'liq xolida qo'llanilmaydi. Kationlarni analitik guruhlarga tasniflari kationlarning kimyoviy xossalariga asoslangan bo'lib, ularni elektron tuzilishi va davriy sistemadagi o'rni bilan uzviy bog'langan. Bu bog'lanish aslida chuqur mohiyatli bo'lsada, bir qarashda jiddiy bog'lanish yo'qdek tuyuladi. Masalan Ag+, Hg22+, Pb2+ kationlari kimyoviy elementlar davriy sistemasini turli guruhlariga mansub bo'lishiga qaramasdan guruh reagenti bir xil, xlorid ionlaridir. Shuningdek, bir tomondan, kimyoviy elementlar bir necha xil, ...
![Kationlarni vodorod sulfidli tahlili [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.42 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.42 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:41 ]
Arxiv ichida: docx