Kimyoviy bog'lanish turlari [info-referat]

Kimyoviy bog'lanish turlari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy bog'lanish turlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy bog'lanish turlari. Kovalent bog'lanish. Kimyoviy elementlarning nisbiy elektrmanfiylik qiymatiga e'tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi uch guruhga bo'lib olishimiz mumkin: Elektr manfiyliklari bir xil bo'lgan elementlardan, ya'ni ayni bir xil element atomlaridan hosil bo'lgan moddalar N2, F2, Cl2, Br2, J2, O2, N2 - oddiy moddalar Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn - metallar. Elektrmanfiyligi bir - biridan biroz farq qiladigan element atomlaridan hosil bo'lgan moddalar: HCl, HBr, HJ, H2O, NH3, CH4, PCl3, PCl5 … Elektrmanfiyligi bir - biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil bo'lgan moddalar: NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO … Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bog'lanishlarni quiydagi uch guruhga bo'lishimiz mumkin. Kovalent bog'lanish Kimyoviy bog'lanish Ionli bog'lanish Metall bog'lanish Kovalent bog'lanishlar elektrmanfiylig bir xil yoki bir biridan juda oz miqdorda farq qiladigan atomlar orasida hosil bo'ladi. Masalan, vodorod atomlarining o'zaro birikish natijasida H2 - vodorod molekulasining hosil bo'lishini ko'rib chiqamiz: . . H + H H : H Vodorodning ikkita atomi orasida hosil bo'lgan bir juft electron hisobiga atomlar birikib H2 ni hosil qiladi. Natijada vodorod atomlari barqaror electron konfiguratsiyaga ega bo'ladi, ya'ni vodorod atomi tashqi energetik qavati tugallangan holatga o'tadi. Atomlarning umumiy electron juftlari vostasida bog'lanishi kovalent bog'lanish deyiladi. Elektr manfiyligi bir xil bo'lgan atomlar orasida umumiy electron juftlar hosil bo'lishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish qutbsiz kovlent bog'lanish deyiladi. Qutbli kovalent bog'lanish elektrmanfiyligi bir - biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo'lgan umumiy electron juftlar, elektr manfiyligi kattaroq bo'lgan atomga tomon biroz siljigan bo'ladi. Elektrmanfiyliklari bir - biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo'lgan kkimyoviy bog'lanish qutbli kovalent bog'lanish deyiladi. Donor - akseptor bog'lanish. Ayrim molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog'lanishda ishtirok yetmagan, xususiy taqsimlangan electron juftlari bo'ladi. Ayrim atom va ionlarda yoki molekulalarni tashkil etuvchi atomlarda bo'sh orbitallar bo'ladi. Atomlarning kimyoviy bog'lanishida ishtirok yetmagan xususiy elektron juftlari bilan bo'sh orbitalga ega bo'lgan atomlar orasida kimyoviy bog'lanish paydo bo'ladi. Bu bog'lanish kovalent bog'lanish kabi umumiy elektron juftalari hisobiga hosil bo'ladi. Ammo, umumiy electron juft fqat bitta atomga taalluqli, bu atom donor (beruvchi) ikkinchi atom esa akseptor (qabul qilivchi) hisoblanadi. NH3 + H+ NH Bir atomning kimyoviy bog'lanishida ishtirok yetmagan, ya'ni taqsimlanmagan ektron jufti va ikkinchi atyomning bo'sh orbitali o'rtasida hosil bo'lgan bog'lanish donor - akseptor yoki kordinatsion bog'lanish deyiladi. Ionli bog'lanish Ionlar zaryadlangan zarrachalardir. Atomlar elektron berganda yoki electron biriktirib olganda zaryadlangan zarrachalar ya'ni ionlarga aylanadi. Atomning yo'qotgan va qabul qilib olgan elektronlar soni ionning zaryad ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.93 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.93 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga