Kimyoviy elementlar, Davriy qonun va davriy jadval [info-referat]

Kimyoviy elementlar, Davriy qonun va davriy jadval [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy elementlar, Davriy qonun va davriy jadval [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy elementlarning dastlabki klassifikatsiyasi. Davriy qonun va uning hozirgi zamon ta'rifi. Davriy jadvalning tuzilishi. Katta va kichik davrlar. Guruh va guruhchalar. Elementlarning xossalarining davriy jadval o'rniga bog'liqligi. Reja: Kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi elementlar xossalarining o'zgarishi. Kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi katta va kichik davrlar. Elementlarning xossalarining davriy jadval o'rniga bog'liqligi. Ko'pgina kimyogarlar: nemis olimlari I.Debereyner (1780-1849) va L.Meyer (1830-1895), ingliz olimi J.Nyulends (1838-1898), fransuz olimi A.Shankurtua (1819-1886) va boshqalar elementlar klassifikatsiyalarining turli variantlarini taklif etdilar. Lekin ular o'sha vaqtda ma'lum bo'lgan barcha kimyoviy elementlarni sistemaga solishga muvaffaq bo'lmadilar. Faqat rus olimi D.I.Mendeleyevning tabiatning asosiy qonunlaridan birini - kimyoviy elementlarning qonuninin kashf etishigina kimyoviy elementlarning yagona sistemasini yaratishga imkon berdi. Davriy qonun kashf etilishi paytida faqat 63 ta kimyoviy element mavjud edi. Bundan tashqari, ko'p kimyoviy elementlar uchun nisbiy atom massalarining qiymatlari noto'g'ri aniqlangan edi. Bu hol kimyoviy elementlarni sistemaga solishni qiyinlashtirardi, chunki D.I.Mendeleyev sistemalashda nisbiy atom massalarining qiymatlarini asos qilib olgandi. Masalan, berilliyning nisbiy atom massasi 9 o'rniga 13.5 deb aniqlangan. Bu berilliyni to'rtinchi o'ringa emas, balki oltinchi o'ringa joylashtirish kerak degan so'z edi. D. I. Mendeleyev berilliyning nisbiy atom massasi noto'g'ri aniqlanganligini ko'rsatib berdi va shu sababli uni xossalarining majmuasiga qarabto'rtinchi o'ringa joylashtirdi. Ba'zi boshqa elementlarni joylashtirishda ham xuddi shunga o'xshash qiyinchiliklar tug'ildi. D.I.Mendeleyev kashf etgan qonunning mohiyatini tushunib olish uchun nisbiy atom massalarining ortib borishi tartibida joylashtirilgan kimyoviy elementlar xossalarining o'zgarib borishini tahlil qilamiz. Ana shu ketma-ketlikda har bir elementga qo'yiladigan raqam tartib raqami deyiladi. 1. Qatorda litiy Li dan ftor F ga tomon nisbiy atom massalari ortishi bilan metallik xossalarining asta-sekin susayishi va metallmaslik xossalarining kuchayishi kuzatiladi. Li metallik xossalari yaqqol ifodalangan tipik metalldir. Berilliy Be da metallic xossalari juda susaygan, uning birikmalari amfoter xususiyatga ega. Bor B elementida metallmaslik xossalri kuchliroq, bu xossalr keying elementlarda asta-sekin kuchayib boradi va ftor F da eng yuqori darajagaa yetadi. Ftordan keyin inert element neon Ne keladi. Kimyoviy elementlarning tartib raqmi va nisbiy atom massasi 2. Litiy Li uglerod C ga tomon organda nisbiy atom massalarining qiymati ortishi bilan elementlarning kislorodli birikmalaridagi valentligi 1dan 4 ga qadar ortib boradi. Bu qatordagi elementlar uglerod C dan boshlab vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Vodorodli birikmalardagi valentligi uglerod C da 4 dan ftor F da 1 ga qadar kamayadi. 3. Natriy elementidan boshlab oldingi qator elementlar xossalarining takrorlanishi kuzatiladi. Natriy Na metallik xossasi kuchli ifodalangan element, magniy Mg da metallik xossasi kuchsizroq ifodalangan. Alyuminiy Al amfoter xossali birikmalar hosil qiladi. Kremniy Si metallmas. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 416.84 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 416.84 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga