Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat [info-referat]

Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy kinetika va muvozanat Reja: 1. Gomogen va getrogen sistemalarda kimyoviy reaksiya tezligi. Reaksiyalarning tezlik konstantasi. 2. Reaksiya tezligiga ta'sir etuvchi omillar. haroratning reaksiya tezligiga ta'siri. Vant-Goff qoidasi. Kontsentratsiyaning reaksiya tezligiga ta'siri. 3. Gomogen va getrogen kataliz. 4. Kimyoviy muvozanat va unga ta'sir etuvchi omillar. 5. Kimyoviy muvozanatning siljishi. Le-Shatele prinsipi. Kimyoviy reaksiyalar tezligi haqidagi va bu tezlikka turli faktorlarning ta'sirini o'rganadigan ta'limotga kimyoviy kinetika deyiladi. Kimyoviy reaksiya deb, biror-bir moddaning o'zgarishiga aytiladi, yoki biron-bir elementning ikkinchi bir element bilan o'zaro ta'siri tushuniladi. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi turlicha bo'ladi. Yer qobiQida sodir bo'ladigan jarayonlar asrlar bo'yi davom etsa portlash reaksiyalari sekundning ulushlari davomida tugaydi. Biron-bir kimyoviy texnologik jarayonni olib ko'raylik. Bunda reaksiyaning tezligi, yani texnologik jarayonning tezligi mehnat unumdorligini belgilaydi. Jarayon qancha tez davom etsa, shuncha ko'p miqdor mahsulot ishlab chiqariladi. Shunday jarayonlar xam mavjudki, aksincha borayotgan reaksiyaning tezligini kamaytirish zarur. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar kontsentratsiyasining vaqt birligi ichida o'zgarishi bilan o'lchanadi. Moddalarning xajm birligidagi miqdori kontsentratsiya deb ataladi. Reaksiyalar tezligini o'lchashda kontsentratsiyalar, odatda 1 l xajmdagi moddalarning mollari soni bilan ifodalanadi. Masalan: reaksiyaning tezligi 2 molmin deyilsa, bir minutda reaksiyada ishtirok etayotgan moddaning kontsentratsiyasi 2 mol o'zgargan bo'ladi. Xar qanday reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga va shu reaksiya boradigan sharoitiga boQliq. Reaksiya tezligiga ta'sir etuvchi faktorlarga, reaksiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasi, harorati modda sirtining katta-kichikligi, bosim, katalizator omillar sabab bo'ladi. C V = -- t C - moddaning molyar kontsentratsiyasi t - vaqt S - t - vaqt ichida kontsentratsiyaning o'zgarishi. Reaksiya tezligining o'zgarish birligi moll*sek yoki moll*min. Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasiga boQliqligini o'rganish massalar ta'siri qonunining kashf etilishiga sabab bo'ladi. Bu qonunni 1867 yilda norvegiya olimlari Guldberg va Vaag kashf etishgan. Kimyoviy reaksiya har xil tezlikda boradi. Kimyoviy reaksiya tezligi bir qancha faktorlarga boQliqdir, yani moddaning kontsentratsiyasiga, temperaturaga va katalizatorga. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi vaqt birligi ichida reaksiyaga kirishayotgan moddalar kontsentratsiyasining o'zgarishi bilan o'lchanadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning kontsentratsiyasi qancha katta bo'lsa, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning to'qnashish soni xam shuncha ko'p bo'ladi, reaksiyaning tezlanish ehtimoli ko'proq bo'ladi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasi bilan reaksiya tezligi orasidagi qonuniyatdan massalar ta'siri qonuni kelib chiqadi. Massalar ta'siri qonuni quyidagicha ta'riflanadi. Reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyalarining ko'paytmasiga to'Qri proportsionaldir. Agar molekula A bilan molekula V moddalar reaksiyaga kirishsa reaksiya tezligi qiymati quyidagicha bo'ladi: m A +n B = p C V = k [A]m [ B]n bunda [A] va [ V] lar A, V moddalarning molyar kontsentratsiyalari, k - tezlik konstantasi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.57 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.57 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga