Kimyoviy kinetika va muvozanat [info-referat]

Kimyoviy kinetika va muvozanat [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy kinetika va muvozanat [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy kinetika va muvozanat Reja: 1.Kimyoviy reaksiya tezligi, unga ta'sir etuvchi omillar. 2.Katalizator, katalitik jarayonlar. Gomogen va geterogen kataliz. 3.Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy muvozanat. Muvozanat konstantasi. Muvozanatni siljishi. Kimyoviy reaksiyalar turli xil tezlikda sodir bo'ladi. Ulardan ba'zilari sekundning mingdan bir ulushida sodir bulsa, ayrimlari minutlar, soatlar, kun, oylar va yillar davomida amalga oshadi. Shunday reaksiyalar xam ma'lumki, ular sharoitga qarab tez va sekin amalga oshishi mumkin, masalan: yuqori haroratda tez, sovukda sekin borishi mumkin. Bu reaksiyalarning tezliklari orasidagi farq katta bo'lishi mumkin. Modda va moddalar yig'indisiga kimyoda sistema deyiladi. Sistemalar gomogen va geterogen sistemalarga bo'linadi. Bir xil fazadan tashkil topgan sistema gomogen, har xil fazadan tashkil topgan sistema geterogen sistema deb ataladi. Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlari bilan ajralib turuvchi kismiga faza deb ataladi. Gomogen sistemaga gazlar aralashmasi, chin eritmalar, metallarning kotishmasini, geterogen sistemalarga esa dagal dispers sistemalar, aralashmalar va xoka'zolar misol bo'ladi. Gomogen sistemada boradigan (gomogen reaksiyalar) va geterogen sistemada boradigan (geterogen reaksiyalar) reaksiyalar bir birlaridan farq qiladi. Gomogen sistemada reaksiya sistemaning butun xajmi bo'yicha ketadi. Masalan, sulfat kislotasiga natriy tiosulfat eritmasi aralashtirilsa, butun xajmi bo'yicha oltingugurt hosil bo'lib, eritmaning loykalanishi kuzatiladi: H2SO4 Q Na2S2O3 q Na2SO4 Q H2O Q SO2 Q S Geterogen sistemalarda esa, sistemani tashkil etuvchi fazalar sirtidagina reaksiya amalga oshadi. Masalan, metallning kislotada erishi: Fe Q H2SO4 q FeSO4 Q H2 Bu reaksiya fakat metall sirtida sodir bo'ladi, chunki reaksiyaga kirishuvchi ikkala modda shu sirtda bir biri bilan tuknashadi. Gomogen reaksiya tezligi geterogen reaksiya tezligidan farq qiladi va ular har xil aniklanadi. Gomogen reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayetgan yoki hosil bulayetgan moddalardan birortasining konsentratsiyasini vaqt birligi ichida o'zgarishi bilan aniklanadi. Geterogen reaksiyaning tezligi esa vaqt birligi ichida faza sirtining yuza birligida reaksiyaga kirishgan yoki hosil bo'lgan moddalarning miqdori bilan aniklanadi. Gomogen reaksiya tezligini matematik usulda kuyidagicha ifodalanadi. Vgomogen = C t Geterogen reaksiya tezligi: Vgeterogen = nS* t Har qanday reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga, konsentrasiyasiga, haroratga, qattiq moddalarning sirt yuzasiga va maydalanish darajasiga, bosimga, katalizatorning ishtirok etish-etmasligiga bog'liq bo'ladi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatining reaksiya tezligiga ta'siri. Reaksiya tezligi moddaning ichki tuzilishiga bog'liqdir. Odatda, qutbsiz molekulali moddalar reaksiyaga sekin kirishadi, oson qutblanuvchi va qutbli molekulalar reaksiyaga tezroq kirishadi. Ayniqsa, ion bog'lanishli moddalar suvdagi eritmalarda o'zaro tez reaksiyaga kirishadi. Reaksiya tezligiga konsentrasiya ta'siri. Massalar ta'siri qonuni. Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasiga bog'liq. Moddalar konsentrasiyasi qancha katta bo'lsa, hajm birligida shuncha ko'p molekula bo'ladi, shuning uchun ular tez-tez to'qnashadi va reaksiya mahsulotiga aylanadi. Natijada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.34 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.34 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga