Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat R E J A : 1. Kirish. 2. Kimyoviy reaksiya tezligi va ta'sir etuvchi faktorlar 3. Katalizatorlar 4. Kimyoviy muvozanat va ta'sir etuvchi faktorlar. Kimyoviy reaksiyalar tezligi haqidagi va bu tezlikka turli faktorlarning ta'sirini tekshiradigan ta'limotga kimyoviy kinetika deyiladi. Kimyoviy kinetikaning asosiy maqsadi, kimyoviy jarayonda yuqori reaksiya tezligini va maksimal miqdorda kerakli mahsulotni olishni boshqarishdan iboratdir. Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar (yoki ulardan biri) konsentrasiyalarining vaqt birligi ichida o'zgarishi bilan ulchanadi. Masalan, ∆τ=τ2-τ1 vaqt birligida reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan bittasining konsentrasiyasi C=C2-C1 kamaysa, u holda kimyoviy reaksiyaning o'rtacha tezligi kuyidagicha ifodalanadi: Konsentrasiya deganda biz xajm birligida bo'lgan modda miqdorini tushunmogimiz kerak. Masalan, 100 l biror gazga 2 g molekula CO2 aralashgan bulsa, bu holda CO2 ning konsentrasiyasi 0.002 moll bo'ladi. Shunday qilib, kimyoviy reaksiya tezligini o'lchashda moddalar konsentrasiyasini molG'l hisobida, vaqt birligi esa sekund, minut, soat, sutkalar hisobida olinadi. Reaksiya tezligini topishda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning yoki reaksiya mahsulotlarining konsentrasiyalari o'zgarishini bilishning farqi yuk. Kaysi moddani miqdorini o'lchash kulay bulsa, reaksiya tezligi usha modda konsentrasiyasi o'zgarishi bilan ulchanadi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyalari reaksiya davom etgan sari kamayadi; mahsulotlarniki,aksincha ortib boradi. Kupincha, dastlabki moddalar konsentrasiyalari kamayishidan foydalaniladi. Masalan; agar reaksiyaning tezligi minutiga 0.3 moll bulsa, 1 l dagi dastlabki moddaning konsentrasiyasi xar minutiga 0.3 mol kamayadi. Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddaning tabiatiga, dastlabki moddalarning konsentrasiyalariga, temperaturasiga, bosimiga, katalizatorning ishtirok etish va etmasligiga, moddalar sirtining katta-kichikligiga, erituvchi tabiatiga, yorug'lik ta'siriga va boshqa faktorlarga bog'liq. Reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyalari katta ta'sir kursatadi. Gomogen (bir jinsli) sistemalar katoriga masalan, gazlar aralashmasi, tuz yoki kand eritmasi (umuman eritmalar) kiradi. Fizikaviy yoki kimyoviy xossalari jihatidan o'zaro farq kiladigan va bir-biridan chegara sirtlar bilan ajralgan ikki yoki bir necha kismlardan tuzilgan sistema geterogen (ko'p jinsli) sistema deb ataladi. Masalan, suv bilan muz o'zaro aralashib ketmaydigan ikki suyuqlik (bir idishdagi simob va suv) va qattiq jismlarning aralashmalari geterogen sistemalardir. Getegeron sistemalarning boshqa qismlaridan chegara sirtlar bilan ajralgan gomogen kismi faza deb ataladi. Demak, gomogen sistema bir fazadan, geterogen sistema esa bir necha fazadan iborat ekan. Reaksiya tezligiga konsentrasiya ta'sir etishining sababi shundaki, moddalar orasida o'zaro ta'sir bo'lishi uchun reaksiyaga kirushuvchi moddalarning zarrachalari bir-biri bilan tuknashadi. Lekin tuknashishlarning xammasi xam kimyoviy reaksiyaga olib kelavermaydi. Barcha tuknashishlarning oz kismigina reaksiyaga olib keladi. vaqt birligi ichida yuz beradigan tuknashishlarning soni o'zaro tuknashayotgan zarachalarning konsentrasiyalariga proporsional bo'ladi. Bu son kanchalik katta bulsa, moddalar orasidagi o'zaro ta'sir shunchalik kuchli bo'ladi. Ya'ni kimyoviy reaksiya shunchalik tez ...
![Kimyoviy muvozanat va kimyoviy kinetika [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.27 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.27 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:48 ]
Arxiv ichida: docx