Kimyoviy reaktorlar turlari [info-referat]

Kimyoviy reaktorlar turlari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy reaktorlar turlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy reaktorlar turlari Reja: 11.1. Kimyoviy reaktorlarga qo'yiladigan talablar 11.2. Kimyoviy reaktorlarning tasnifi 11.3. Reaktorning moddiy balansi 11.4. Uzluksiz maromda ishlovchi reaktorlar Tayanch so'zlar: gidravlik qarshilik, reaktor, ideal siqib chiqaruvchi reaktor, reaktorning moddiy balansi. 11.1. Kimyoviy reaktorlarga qo'yiladigan talablar Kimyoviy reaktor deb massa uzatish (diffuziya) bilan bog'liq kimyoviy reaksiyalar mujassamlangan kimyoviy texnologik jarayonlar amalga oshiriladigan qurilma (apparat)ga aytiladi. Gaz-qattiq va suyuq - qattiq tizimdagi jarayonlar amalga oshiriladigan reaktorlarga sanoatda ishlatilayotgan xumdonlar (pech), kontakt qurilmalar, sintez kolonnalari, aralashtirgichli reaktorlar kiradi. Gaz-suyuqlik tizimida mexanik, purkagichli va siqilgan havo (pnevmatik) yordamida aralashtirishga asoslangan reaktorlardan foydalaniladi. Ma'lum bir kimyoviy reaktorga turli xil, ba'zan bir - biriga zid keluvchi bir qancha talablar qo'yiladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. Ishning yuqori unumdorligi va tezkorligi. Qurilmaning ish sur'ati uning birlik vaqtida hosil bo'lgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi: I =G Vкк м3соат = УСЕК GПК VP=VQ GПК (11.1) bu erda: G - vaqt birligida olingan mahsulot miqdori, kgsoat. Vр - qurilmaning reaksiya ketadigan hajmi, m3 СПК - mahsulotning qurilmadan chiqishdagi (jarayonning oxiridagi) konsentrasiyasi. УСЕК - aralashmaning 1 soatdagi sarfi, m soat. VQ - oxirgi hajmiy tezlik, С-1 2. Reaksiya natijasida mahsulotning ko'proq chiqishi va jarayonning eng yuqori tanlanishi (texnologik maromning eng maqbul ko'rsatkichlari bilan ta'minlanadi). 3. Qurilmaga materiallarni tashib solish va aralashtirishga eng kam miqdorga energiya sarfiyoti hamda ekzotermik reaksiyalari natijasida ajralib chiqadigan issiqlik yoki reaksiyaga kirishadigan moddalarning eng maqbul haroratda qizdirilishini ta'minlash uchun qurilmaga beriladigan issiqlikdan samarador foydalanish. 4. Boshqaruvda engillik, maromning barqarorligi va ish xavfsizligi. 5. Qurilmalarni yasash va ta'mirlash bahosining pastligi, tuzilishining (konstruksiyasining) oddiyligi, ularni yasashda arzon materiallar ishlatish. Odatda, davriy (yopiq tizim) jarayonlarni olib borishda yuqori tezkorlik, ochnk zanjirsimon tizmalarda esa xom ashyoning yuqori o'zgarilish darajasi ma'qul ko'riladi. 11.2. Kimyoviy reaktorlarning tasnifi Kimyoviy -texnologik jarayonlarning va reaktorlarning xilma-xilligi ular umumiy tasniflashda qiyinchilik tug'diradi. Shuning uchun kimyoviy -texnologiya darsliklarida har xil mualliflar o'zlarining turli xil tasniflarini keltirganlar 1. Kechadigan jarayonning xususiyatiga qarab: davriy, uzluksiz va yarim ; harakatlanuvchi reaktorlar; 2. Reaksiyaga kirishuvchi massaning faza tarkibiga qarab: gomogen va jarayonlar uchun reaktorlar. 3. Jarayonning issiqlik effektiga qarab: ekzotermik (issiqlik chiqoruvchi) va endotermik (issiqlik yutuvchi) jarayonlar uchun reaktorlar. 4. Reaktordagi haroratga qarab: past haroratli va yuqori haroratli reaktorlar. 5. Jarayon amalga oshirilayotganda qo'llaniladigan bosimga qarab: xavosiz sharoitda (vakuum ostida), atmosfera bosimi ostida va yuqori bosimda ishlaydigan reaktorlar. 6. Aralashtirish darajasiga (yoki reaktordagi gidrodinamik sharoitga) qarab: siqib chiqaruvchi va aralashtiruvchi reaktorlar. Siqib chiqaruvchi reaktorlarda reaksiyaga kirishayotgan massa asta sekinlik bilan reaktorga tushayotgan massaning yangi miqdorlari bilan siqib chiqariladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.55 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.55 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga