Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari Rejа: 10.1. Jarayonlar klassifikasiyasi va umumiy xarakteristikasi 10.2. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari: gidromexanik jarayon 10.3. Issiqlik jarayonlari 10.4. Massa almashinish jarayonlari Tayanch so'zlar: agressiv, ginetika, dat chiq, ekzotermik, agent,suspenziya. 10.1. Jarayonlar klassifikasiyasi va umumiy xarakteristikasi Kimyo sanoatida mahsulot ishlab chiqarish uchun qo'llaniladigan jarayonlar turli xil bo'lib, unda turli agregat holatli xom ashyo, turli ko'rinishli energiya, agressiv va korrozion aktiv moddalar qo'llaniladi. Bu jarayonlarni boshqarish uchun parametrlarini tanlashda yuqori darajada aniqlik, boshqarishni avtomatlashtirish talab etiladi. Kimyoviy texnologiya jarayonlari kinetik qonuniyatlarga, borish xarakteriga ko'ra 5 guruhga bo'linadi: - gidromexanik jarayonlar, tezlik gidravlika qonuniyatlari asosida aniqlanadi; - issiqlik jarayonlari, tezlik issiqlik uzatish qonuniyatlari asosida aniqlanadi; - massaalmashinish (diffuzion) jarayonlari, tezlik massauzatish qonuniyatlari asosida aniqlanadi; - mexanik jarayonlar; - kimyoviy jarayonlar, tezlik kimyoviy kinetik qonuniyatlari asosida aniqlanadi. Kimyoviy texnologiya jarayonlari tashkiliy-texnik tuzilishga ko'ra davriy va uzluksiz jarayonga bo'linadi. Davriy jarayon deb jarayonni barcha bosqichlari bir joyda olib borilishiga aytiladi, ya'ni bosqichlar xom ashyoni yuklash, jarayonni olib borilishi va tayyor mahsulotni chiqarib olish bitta qurilmada, lekin turli vaqtda amalga oshiriladi. Uzluksiz jarayon uchun jarayonni barcha bosqichlari bir vaqtda turli qurilmada amalga oshiriladi. U yoki bu guruppaga kiradigan jarayon xarakteristikasi jarayonni uzluksizlik darajasi hisoblanadi: Xузл = (10.1) Bu erda: g -jarayon davomiyligi yoki xom ashyo yuklangandan tayyor mahsulot chiqarib olingunga qadar kechadigan jarayon uchun lozim bo'lgan vaqt, А Т - jarayon davri yoki bir partiya xom ashyoni yuklashdan ikkinchi partiya xom ashyoni yuklashgacha bo'lgan vaqt. Davriy jarayon uchun Δτ0 demak, Хузл1 uzluksiz jarayon uchun Δ→ 0 demak, xузл→ ∞. Ikkala xolat oraligini yarim uzluksiz jarayon egallaydi, bunday holda Xузл=1÷∞. Kimyoviy texnologiya jarayonida qo'llaniladigan kimyoviy qurilmalar asosiy-kimyoviy reaktorlar (jarayonda kimyoviy o'zgarishlar natijasida xom ashyo mahsulotga aylanadi) va yordamchi, jarayonda qatnashayotgan moddalarni tayyorlash, aralashtirish, ajratishga mo'ljallangan turlarga bo'linadi. Kimyoviy texnologiya jarayonlarini boshqariladigan parametrlariga temperatura, reagent konsentrasiyasi yoki jarayon mahsuloti, konsentrasiyasi, reagentlar sarfi va issiqlik hamda sovutuvchi agentlar sarfi kiradi. Hozirgi vaqtda avtomat boshqarish sistemasi uch sxemadan: parametr o'lchagich (dat chiq), regulyator va boshqaruvchi mexanizmdan tuzilgan. Masalan: reaksiya ekzotermik, sovituvchi agent sarfi o'zgaradi, reaktorda temperaturani boshqarish sxemasi quyidagicha: reagentlar 10.1 - rasm. Reaktorda temperaturani boshqarish sxemasi: 1- temperatura o'lchovchi dat chiq, 2- temperaturani boshqaruvchi (regulyator), 3-sovutuvchi magistral klapani ( bajaruvchi mexanizm) 10.2. Gidromexanik jarayonlar Gidromexanik jarayonlar ikki yoki undan ortiq fazadan iborat geterogen sistemada amalga oshiriladi, gidrodinamika qonunlariga bo'yso'nadi. Sistema dispers faza va dispersion muhitdan iborat. Dispersion muhit agregat holati va dispers faza zarrachalari o'lchamiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: - gaz muhit uchun: chang ...
![Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
250.84 KB
Ko'rishlar soni
265 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
250.84 KB
Ko'rishlar soni
265 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: docx