Kislorod guruhchasi davriy sistemadagi oltinchi guruhning tipik elementlari [info-referat]

Kislorod guruhchasi davriy sistemadagi oltinchi guruhning tipik elementlari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kislorod guruhchasi davriy sistemadagi oltinchi guruhning tipik elementlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kislorod gruppachasi davriy sistemadagi oltinchi gruppaning tipik elementlari kislorod bilan oltingugurt va toq qatorlarning atom tuzilishi jihatidan shu elementlarga o'xshaydigan elementlari - selen, tellurva poloniy kiradi. Poloniy radioaktiv element bo'lib, kimyoviy jihatdan tekshirilmagan deyish mumkin. Ko'rib chiqilayotgan elementlar atomlarining sirtqi qavatida oltitadan elektron bo'lganligidan, ular galogenlarga qaraganda kamroq aktiv bo'lsa-da, metallmaslar deb ta'riflanishi mumkin. Bu gruppa elementlarining atomlari ikki elektronni biriktirib olib, ikki zaryadli manfiy ionlarga aylanadi, bu elementlar shunday ionlar holida metallar bilan hosil qilgan birikmalari tarkibiga kiradi. Ular vodorod bilan hosil qilgan birikmalarida ham manfiy ikki oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Biroq bu elementlarning oksidlanish darajasi kislorodli birikmalarda musbat bo'lishi ham mumkin; bunday birikmalarda ularning oksidlanish darajasi +4 yoki +6 bo'ladi. Kislorodning o'zi bundan mustasno, undagi sirtqi oltita elektron yadro bilan shunday mahkam bog'langanki, ftordan boshqa elektronlarni kislorod atomidan tortib oladigan birorta ham element yo'q. Shu sababdan kislorod (O2F2 va OF2 dan boshqa) hamma birikmalarda faqat manfiy ikki oksidlanish darajasini namoyon qiladi (8.3-jadval). Kislorod gruppasi elementlarning fizik va kimyoviy xossalari, galogenlar gruppasidagidek, tartib raqami ortgan sari qonuniy suratda o'zgarib boradi. Yangi elektron qavatlarining vujudga kelishi atomlar radiusining uzayishiga sabab bo'ladi, shunga ko'ra, atom yadrosiga elektron tortilishi kamayadi, neytral atomlarning oksidlovchi sifatidagi aktivligi susayib, manfiy zaryadlangan ionlarning qaytarish xossalari kuchayadi. Umuman olganda, metallmaslarning xossalari kislorodda yaqqol ko'rinsa, tellurda juda susayib qoladi. rasm Kislorod gruppachasidagi elementlarning vodorodli birikmalari H2R formulaga (R - elementning simvoli) muvofiq keladi: H2O, H2S, H2Se, H2Te. Ular xalkovodorodlar deyiladi. Ular suvda eriganda kislotalar (formulasi o'shaning o'zi) hosil bo'ladi. Elementning tartib raqami ortib borishi bilan bu kislotalarning kuchi ham ortib boradi, bunga sabab H2R birikmalar qatorida bog'lanish energiyasining kamayib borishidir. Oltingugurt, selen va tellur kislorod bilan birikmalarning RO2 va RO3 tipidagi bir xil shaklini hosil qiladi. Ularga H2RO3 va H2RO4 kislotalar muvofiq keladi. Elementning tartib raqami ortib borishi bilan bu kislotalarning kuchi kamayib boradi. Ularning hammasi oksidlovchi xossalarni, H2RO3 tipidagi kislotalar esa qaytaruvchi xossalarni ham namoyon qiladi. Kislorod va uning xossalari. Yer yuzida uchraydigan elementlarning eng ko'p tarqalgani kisloroddir. Kislorod erkin holatda atmosfera havosida bo'ladi, atmosfera havosining og'irlik jihatidan 23,2% ni, hajm jihatidan esa 20,9% ni kislorod tashkil qiladi. Kislorod bog'langan holda suv tarkibiga (88,9%), turli mineral va tog' jinslari tarkibiga, shuningdek, butun o'simlik va hayvonlar tanasi tarkibiga kiradi. Kislorodning umumiy miqdori Yer sharining sirtqi qobig'i (havo, suv va Yer po'stlog'i) og'irligining taxminan yarmiga teng. Тoza holdagi kislorod dastavval, 1772- yilda Sheyele, undan keyin esa 1774- yilda Pristli tomonidan ajratib olingan. Pristli toza kislorodni simob (II) oksiddan olgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 483.51 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 483.51 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga