Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi [info-referat]

Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi Shuni nazarda tutish kerakki, hamma qo'shilmalar portlandtsement xossalarini qisman o'zgartiradi. Uning asosiy sifat ko'rsatkichlari (mustahkamligi, chidamliligi, mustahkamlanish tezligi) asosan klinker sifatiga bog'liq. Portlandtsement klinkeri odatda qovushib pishgan holdagi o'lchamlari 10…20 mm dan 50…60 mm gacha mayda va yirik donalar (kesak yoki bo'laklar) ko'rinishida olinadi. Qovushib pishgan klinker o'zining mikrostrukturasiga ko'ra murakkab zarrachasimon turli kristallar va qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori (kimyoviy tarkibi bo'yicha), mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarning o'zaro nisbatiga qarab baholanadi. Kimyoviy tarkibi. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada o'zgarib turadi. Portlandtsement klinker ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar) dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid bor: SiO2, Al2O3 va G'e2O3. Ohaktoshlar asosan kaltsiy karbonatdan iborat. Kaltsiy karbonat esa ikki oksid-SaO va SO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda SO2 gazi ajraladi; SaO, SiO2, Al2O3 va Fe2O3 asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi. Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda tsement sifatiga malum darajada ta'sir ko'rsatuvchi oksidlar ham bo'lishi mumkin. Bular odatda magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na2O va K2O), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (P2O5) va sulfat kislota angidridi (SO3) dir. Portlandtsement tarkibidagi asosiy va qo'shimcha oksidlar miqdori kuyidagicha bo'ladi : SaO-63…67%; SiO2-21…24%; Al2O3-4…8%; Fe2O3-2…4%; MgO-0,5…5%; SO3-0,3…1%; Na2O va K2O- 0,4…1%; TiO2 va Cr2O3-0,2…0,5%; R2O5-0,1…0,3%. Klinkerning kimyoviy tarkibi GOST 5382-65 da berilgan usul bilan aniqlanadi. 1500°S temperaturada kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta'sirida so'nish qobiliyatini yuqotmasa ham, u juda sust so'nadi. Uning so'nish jarayoni qotib qolgan tsementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holning (tsement hajmining notekis o'zgarishining) oldini olish uchun portlandtsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standart tomonidan chegaralanadi va 4,5% dan - oshmasligi zarur1. Portlandtsementda kaliy va natriy oksidlar bo'lmasa yaxshi, chunki ular portlandtsementning tishlashish muddatiga ta'sir qiladi. Bundan tashqari, ishqorlar betonda to'ldirgichlar bilan (to'ldirgich tarkibida amorf qumtuproq bo'lsa) o'zaro kimyoviy ta'sir etishishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi bo'ladigan natriy va kaliy silikatlar hosil bo'ladi. Bu reaksiya atrof-muhit etarlicha nam bo'lsa juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun tsement va to'ldirgichlar tanlanayotganda tsementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim va to'ldirgichlar va amorf qumtuproq (opal, kremniy, slanets va boshqalar)dan qancha borligi aniqlanadi. Bundan tashqari, portlandtsementda ko'p miqdorda ishqoriy metall oksidlar bo'lsa, beton yuzasida sho'r dog'lar hosil bo'lishi mumkin. Standartga ko'ra, portlandtsement tarkibida ishqor istalgan miqdorda bo'lishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.94 KB
Ko'rishlar soni 322 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.94 KB
Ko'rishlar soni 322 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga