Kokslash asoslari. Koks ishlab chiqarish usullari Reja: Neft xom ashyosini qayta ishlashda hosil bo'luvchi qoldiqlarni kokslash. Koks ishlab chiqarish usullari. Kokslashda hosil bo'luvchi fraksiyalar. 1. Neft qismlarini (fraksiyalarini) qayta ishlashda ko'p miqdorda og'ir qoldiqlar - mazut, gudron, kreking-qoldiq, moylarni tozalashda ekstrakt va boshqalar hosil bo'ladi. Bularning malum qismi bitum tayyorlash uchun, hamda yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Boshqa (qolgan) qismlari esa yana qayta ishlanib qo'shimcha ravishda tiniq va kerakli neft mahsulotlari olinadi. Og'ir neftlarni haydash qoldiqlarini yuqori temperatura va bosimda termik krekinglash jarayoni koks hosil bo'lishi bilan chegaralangan. Neftni og'ir qoldiqlarini qayta ishlash usullaridan biri - kokslashdir (yoki parchalash bilan haydash). Kokslashda - gaz, benzin, gazoyl fraksiyalari va koks olinadi. Gudronni kokslashda - 11% gaz, 16% benzin, 49% koks distillyati, 24% koks olinadi. Kokslash mahsulotlarini sifati va unumdorligi xom ashyo tarkibi va jarayonni olib borish sharoitiga bog'liq. Yuqori oltingugurtli neft qoldiqlarini kokslash vaqtida hosil bo'ladigan koks tarkibida S 4% gacha boradi. Bu koks yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Kokslash - bu bir necha jarayonlarni (bug'lanishni, murakkab molekulali birikmalarni - oddiyroq parchalanishi, zichlanishlarini) o'z ichiga oladi. Bug'lanishni tez yoki sekinlik bilan borishi kokslanishga ta'sir ko'rsatadi. Masalan: a) agar jarayon borayotgan joydan bug'lanish natijasida hosil bo'lgan moddalar tezlikda olinib turilsa koks kam, koks distillyati esa ko'p hosil bo'ladi. b) Yuqori bosimda bug'lanish sekin boradi. Shu sababli bunday kokslash vaqtida gaz va koksni hosil bo'lishi ko'payadi, koks distillyatiniki esa kamayadi. Temperaturani ortishi ham koks hosil bo'lishini kamaytiradi. 490°S, 1,4 atm. kokslash jarayonining optimal sharoiti hisoblanadi. Koks distillyatlarini murakkab tarkiblisi termik kreking qilinadi. Neftni qayta ishlash vaqtida hosil bo'ladigan qoldiqlarni kokslash bir necha usul bilan olib boriladi: - kublarda davriy kokslash; - keramik pechlarda yarim uzluksiz kokslash; - shaxta ko'rinishidagi reaktorda uzluksiz kokslash. Kublarda kokslash uchun mazut, gudron, kreking-qoldiq, piroliz qoldiqdari ishlatiladi. Kublarda kokslash jarayoni bir necha kublarda amalga oshiriladi. Kub xom ashyo bilan to'ldiriladi va yoqilg'i bilan yoqiladi. 380-400°S larda ko'p miqdorda distillyatlar hosil bo'lishi kuzatiladi. Temperatura ko'tarilishi bir oz to'xtaydi. Keyin kub temperaturasi 450-500°S ko'tariladi. Bu vaqtda maydalanayotgan moddalarni chiqishi kamayadi va bu chiqish to'xtagandan so'ng hosil bo'ladigan koks qizdiriladi. Buning uchun kubni tag qismini temperaturasi 700-720°S gacha qizdiriladi. Keyin shamollatilib suv bug'i bilan sovutiladi. Hosil bilan koks lyuk (2) orqali tushirib olinadi. Kublarni ishlash vaqti 24-30 soatni tashkil etadi. Kublar diametri 2-, uzunligi esa 10- ga boradi. Prokalka (toblash) 2-3 soat olib boriladi. Buning uchun kub tagidagi isitish qismi temperaturasi asta-sekin pasaytiriladi, tirqish (forsunkalar) ochilib kub sovutiladi. Sovutish uchun oldin suv bug'i keyin havo yuboriladi. ...
![Kokslash asoslari, Koks ishlab chiqarish usullari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.61 KB
Ko'rishlar soni
354 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.61 KB
Ko'rishlar soni
354 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: docx