Mavzu: Kristall panjaralar Tekshirdi: Bajardi: Odatdagi sharoitda moddalar turlicha fizik xossalarga ega va ular har-xil agregat holatda: qattiq, suyuq yoki gaz ko'rinishda bo'ladi. Qattiq moddalarni tashkil qiluvchi molekulalar gaz moddalarning tashkil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda sochilib ketmaydi, suyuq moddani tashkil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda esa siljib modda shaklini o'zgartirmaydi (fizika fanidan o'rgangan bilimlaringizni eslang);. Demak, qattiq modda fazoda ma'lum bir shaklni hosil qilib, o'z hajmiga ega bo'ladi. Qattiq moddalarning tashqi ko'rinishi va fizik xossalari moddani tashkil ctuvchi zarrachalar orasidagi kimyoviy bog'lanishlar tabiatiga bog'liq bo'ladi. Qat-liq moddalarda shu moddani hosil qiluvchi zarrachalar (ionlar, atomlar, molekulalar) muntazam ravishda joylashadi. Kristallarda shu kristallni hosil qiluvchi zar-rachalarni muntazam ravishda joylashuvchi kristallpanjaralar deb ataladi. Kristall panjaralar qanday zarrachalardan hosil bo'lganiga qarab har xil lurlarga bo'linadi. KRISTALL PANJARA TURLARI. 1. Ionli kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan va ular orasida ionli bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar ionli kristall panjaralar deyiladi. Masalan, tipik metallarning tuzlari (NaCl, KN03, CuS04), ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)2) va ba'zi oksidlar. 2. Atom kristall panjaralar. Kristall panjara tugunchalarida alohida atomlar joylashgan va ular orasida kovalent bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar atom kristall panjaralar deb ataladi. Masalan, olmos, grafit, kremniy, germaniy, borkabi oddiy moddalar. 3. Molekular kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar molekulalar kristall panjaralar deyiladi. Masalan, molekular kristall panjara tugunlarida kovalent qutbsiz molekulalar joylashgan oddiy moddalar (qattiq holdagi H2, N2, 02, Cl2, P4, S8), kovalent qutbli bog'lanishli molekulalar (qattiq holdagi H20, HC1, C02, H2S). 4. Metall kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan va ular orasida metall bog'lanish mayjud bo'lgan tuzilmalar metall kristall panjaralar deyiladi. Masalan, barcha metallar (Na, Ba, Zn, Al, Cu, Au). Xossalari. Ionli kristall panjaralar hosil qiladigan moddalar, masalan, tuzi kristallari tugunlarida natriy (Na+) va xlor (CI) ionlari bo'ladi. Bu ikki qarama-qarshi ishorali zaryadlangan ionlar bir-biri bilan ionli bog'lanish tufayli tortishib turadi, Na+ bilan Na+, Cl~ bilan CI ionlari esa bir-birini itaradi. Natijada Na+ ioni olti tomoni bilan Cl~ ionlari bilan; CI ionlari ham olti tomoni bilan Na+ ioni bilan bog'langan bo'ladi (12-rasm). Ionlarni muntazam joylashuvi oqibatida tuzi kristallari kubsimon ho-latda bo'ladi. Ionlar bir-biri bilan ionli bog'lanish vositasi bilan kuchli darajada bog'langan bo'ladi. Oqibatda ionli birikmalar juda qattiq, qiyin suyuqlanuvchan va uchuvchan emas bo'ladi. Atomli kristall panjaralami hosil qiladigan moddalar, masalan, olmos kristallari tugunlarida uglerod atomlari bo'ladi. Uglerod atomlari qo'shni to'rtta uglerod atomi bilan muntazam piramida shaklidagi (tetraedr) kristallarni hosil qiladi. Bunda har bir atom qo'shni atomlar bilan kovalent bog'lanish tufayli ...
![Kristall panjaralar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
72.72 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
72.72 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: docx