Kuchli va kuchsiz elektrolitlar [info-referat]

Kuchli va kuchsiz elektrolitlar [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Kuchli va kuchsiz elektrolitlar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Kuchli va kuchsiz elektrolitlar Elektr toki o'tkazilganda zarralari harakatlanuvchi (ion o'tkazuvchanlik) va kimyoviy o'zgarish (elektrokimyoviy reaksiya) sodir bo'ladigan, elektr o'tkazuvchi moddalar elektrolitlar deb ataladi. Ular individual modda yoki eritma bo'lishi mumkin. Sodda ta'rifga ko'ra - eritilganda ionlarga ajraluvchi moddalar elektrolit deyiladi. Ammo bu jo'n ta'rif qattiq elektrolitlar va elektrolit suyuqlanmalarni qamray olmaydi. Xossalarini uzluksiz o'zgartira oluvchi ikki yoki undan ortiq moddalar aralashmasidan tarkib topgan gomogen sistema (tizim) - eritma deb ataladi. Eritma qattiq yoki suyuq bo'lishi mumkin. Analitikada asosan suyuq eritmalar qo'llanadi. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini (1883-1887) shved olimi Svante Arrenius (1859-1927) ishlab chiqgan va ilmiy xizmatlari uchun 1902 y. xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Ana shu nazariyaga muvofiq elektrolit eritilganda, erituvchi molekulalarining ta'sirida, ionlarga ajraladi (dissotsilanadi). Elektrolitni eritmada ionlanishi, (ionlarga dissotsilanishi) miqdoran dissotsilangan molekulalar sonini ndis eritmadagi elektrolitning umumiy molekulalar soniga num nisbati bilan ifodalanuvchi, dissotsiatsiya darajasi α bilan belgilanadi. α = ndis num Dissotsiatsiya (ionlanish) darajasi α birning ulushlarida yoki foizlarda ifodalanadi. Agar α = 1 (yani 100%) bo'lsa eritmadagi barcha zarralar ionlarga ajralgan holda bo'ladi (ndis = num); agar α birdan kichik (yani 100% dan kam) bo'lsa demak barcha zarralar emas, balki ularni bir qismi ionlarga ajralgan (ndis num) bo'ladi. Elektrolitlar dissotsilanish xususiyatiga ko'ra kuchli (assotsilanmagan) va kuchsiz (assotsilangan) turlarga bo'linadi. Kuchli (assotsilanmagan) elektrolitlar, kontsentrlanmagan (o'rtacha kontsentratsiyali) eritmalarda ionlarga deyarli to'liq ajralgan bo'ladi. Ularga - ko'pchilik tuzlar, kuchli kislota va kuchli asoslar (ishqorlar) kiradi. Masalan, suvli eritmalarida NaCl, HCl va NaOH ionlarga to'liq dissotsilanadi NaCl → Na+ + Cl-; HCl + H2O → H3O+ + Cl- (yoki soddalashgan holda HCl → H+ + Cl-; NaOH → Na+ + OH- va x.z.o) kuchli elektrolitlarda ionlanish darajasi α = 1 (100 %). Kontsentrlangan eritmalarda kuchli elektrolitlar oz bo'lsada assotsilangan (ionlashmagan, dissotsilanmagan) holda mavjud bo'ladi. Kuchsiz (assotsilangan) elektrolitlar eritmalarda oz dissotsilanadi. Ularga kuchsiz asoslar, kompleks birikmalar (ichki sferasi), simob (II) ionining bazi tuzlari, HgCl2, Hg(SN)2kiradi. Masalan, suvli eritmalarda sirka kislotasi va ammiak qisman dissotsilangan CH3COOH + H2O = H3O+ + CH3COO- (yoki soddasi CH3COOH = H+ + CH3COO-) NH3 + H2O = NH4+ + OH- Shu kabi tetraxlorplatinat (II) ioni ham oz dissotsilangan. [PtCl4]2- + H2O = [PtCl3H2O]- + Cl- ('yoki soddasi [PtCl4]- = [PtCl3]- + Cl-) Odatda kuchsiz elektrolitlar uchun α ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.63 KB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.63 KB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga