Mendeleyevning elementlar davriy jadvali [info-referat]

Mendeleyevning elementlar davriy jadvali [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Mendeleyevning elementlar davriy jadvali [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

D. I. Mendeleyevning elementlar davriy jadvali. Hozirgi vaqtda davriy jadvalni tasvirlashning 500 dan ortiq variantlari bor: bular davriy qonunning turli shakldagi ifodasidir. D. I. Mendeleyev 1869 yilda taklif etgan davriy jadvalning birinchi varianti uzun shakldagi variant deyilar edi, bunda davrlar bitta qatorga joylashtirilgan edi. 1870 yil dekabrda u davriy jadvalning ikkinchi variantini-qisqa shakl deb atalgan variantini bosib chiqardi. Bu variantda davrlar qatorlarga, guruhlar esa guruhchalarga (bosh va yonaki) bo'lingan edi. Davriy jadvalda gorizontal bo'yisha 7 ta davr bor (rim raqamlari bilan belgilangan), ulardan I, II va II davrlar kichik davrlar IV, V, VI va VII davrlar katta davrlar deyiladi. I davrda 2 ta, II va II davrlarda 8 tadan, IV va V davrlarda 18 tadan, VI davrda 32 ta, VII (tugallanmagan) davrda 23 ta element joylashtirilgan. Birinchidan boshqa barcha davrlar ishqoriy metall bilan boshlanib nodir (inert) gaz bilan tugaydi. Davriy jadvaldagi barcha elementlar bir-biridan keyin kelishi tartibida raqamlangan, elementlarning raqamlari tartib yoki atom raqamlari deyiladi. Jadvalda 10 ta qator bor (arab raqamlari bilan belgilangan), har qaysi kichik davr bitta qatordan, har qaysi katta davr ikkita qatordan: juft (yuqorigi) va toq (pastki) qatorlardan tarkib topgan. Katta davrlarning juft qatorlarida (4,6,8,10) faqat metallar joylashgan va elementlarning xossalari qatorda chapdan o'ngga tomon kam o'zgaradi. Katta davrlarning toq qatorlarida (5,7,9) elementlarning xossalari qatorda chapdan o'ngga tomon tipik elementlardagiga o'xshash o'zgarib boradi. VI davrda La - lantandan keyin tartib raqamlari 58-71 bo'lgan 14 ta element (La-Lu) joylashadi, ular lantanoidlar deyiladi. VII davrda Ac - aktiniydan keyin tartib raqamlari 90-103 bo'lgan 14 ta element (Ac-Lr) joylashadi, ular aktinoidlar deyiladi. Bu ikki davr elementlari jadvalning pastki qismiga alohida qatorlarga joylashtirilgandir. Davriy jadvaldagi vertikal bo'yicha 8 ta guruh joylashgan (rim raqamlari bilan belgilangan), guruhning raqami elementlarning birikmalarda namoyon qiladigan valentliklari va oksidlanish darajalari bilan bog'liq. Odatda, elementlarning yuqori valentliklari va eng yuqori musbat oksidlanish darajalari guruh raqamiga tengdir. F va O bundan mustasno-ularning valentliklari va oksidlanish darajalari tegishlicha I, II va -1, -2 ga teng. Har qaysi guruh 2 ta guruhchaga (bosh va yonaki) bo'lingan, bu davriy jadvalda birinchisini o'ngga, boshqasini chapga siljitib yozish bilan ko'rsatilgan. Bosh guruhchalarni tipik elementlar hamda yonaki guruhchalarni faqat metallar hosil qiladi. Davriy jadvaldagi He, Ne va Ar dan boshqa barcha elementlar kislorodli birikmalar hosil qiladi; kislorodli birikmalarning 8 xil shakli bor. Ular davriy jadvalda umumiy formulalar bilan ifodalanib, har qaysi guruh tagida oksidlanish darajalari ortib borishi tartibida joylashtirilgan: R2O, RO, R2O3, RO2, R2O5, RO3, R2O7, RO4 bunda R - element. IV guruhdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga