Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi R E J A : 1. D.I.Mendeleyevning davriy qonuni 2. Davriy sistema va uning tuzilishi 3. Davriy sistemada element atomlarining xossalarini o'zgarishi. XVII asr oxirida 25 ta element ma'lum bo'lib, XIX asrning birinchi choragida yana 19 element kashf kilindi. Elementlar kashf qilinishi bilan ularning atom ogirliklari, fizikaviy va kimyoviy xossalari urganib borildi. Bu tekshirishlar natijasida ba'zi elementlarning avvaldan ma'lum bo'lgan tabiiy gruppalari (masalan, ishkoriy metallar, ishkoriy yer metallar, galogenlar) ga o'xshash elementlar gruppalari aniklana bordi. Elementlar va ularning birikmalari haqidagi ma'lumotlar kimyogarlar oldiga barcha elementlarni gruppalarga ajratish vazifasini kuydi. 1789 yilda A.Lavuazye kimyoviy elementlarning birinchi klassifikasiyasini yaratdi. U barcha oddiy moddalarni 4 gruppaga (metallmaslar, metallar, kislota radikallari va yerlar, ya'ni oksidlar) ajratdi. 1812 yilda Berselius barcha elementlarni metallar va metallmaslarga ajratdi. Bu klassifikasiya dagal va noanik edi, lekin shunga qaramasdan xaligacha o'z kuchini yukotmay kelmokda. 1829 yilda Debereyner uchta-uchta elementdan iborat o'xshash elementlarning gruppalarini tuzdi va ularni triadalar deb atadi. Xar kaysi triadada o'rtadagi elementning atom ogirligi ikki chetdagi elementlarning atom ogirliklari yig'indisining 2 ga bulinganiga teng. Usha vaqtda ma'lum bo'lgan elementlardan fakat yettita triada tuzish mumkin buldi. Fransuz olimi de Shankurtua 1863 yilda elementlar sistemasini tuzish uchun silindr ukiga nisbatan 45° buylab silindr sirtiga spiral chiziqlar chizdi. Xar ikki spiral orasini 16 bo'lakka buldi. Spiral chiziqlarga barcha elementlarni ularning atom ogirliklari ortib borish tartibida joylashtirganida, o'zaro o'xshash elementlarning atom ogirliklari orasidagi ayirma 16, 32, 48 ga teng bo'lishi aniklandi. Ingliz olimi Nyulends 1863 yilda uzining oktavalar qonunini kashf etdi. U elementlarni ularning atom ogirliklari ortib borish tartibida bir katorga joylashtirganda, xar kaysi sakkizinchi element o'z xossalari bilan birinchi elementga o'xshash bo'lishini kurdi. Bu tartib muzika notasidagi gammalar kabi takrorlandi. Nemis olimi Lotar Meyer 1864 yilda o'z sistemasini ishlab chikdi. U 27 ta elementni valentliklariga karab olti gruppaga buldi. U o'z asarini atom ogirliklarning son bilan ifodalanadigan qiymatlarida biror qonuniyat borligiga shubxa bo'lishi mumkin emas degan ibora bilan tugatdi. Meyer uzining ikkinchi makolasida (uning makolasi Mendeleyev makolasidan keyin nashr qilingan edi) elementlarning solishtirma xajmlari davriy ravishda o'zgarishini (ya'ni bir necha elementdan keyin qaytarilishini) kashf etdi. Bu kashfiyot katta ahamiyatga ega buldi,lekin davriy qonunni ta'riflash uchun yetarli emas edi. D.I.Mendeleyevdan oldin olib borilgan ishlarning xech birida kimyoviy elementlar orasida o'zaro uzviy bog'lanish borligi topilmadi. Xech kim elementlar orasidagi o'xshashlik va ayirmalar asosida kimyoning muhim qonunlaridan biri turganligini D.I.Mendeleyevgacha kashf etolmadi. chuqur ilmiy bashorat va ilmiy izlanishlar natijasida D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muhim ...
![Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.79 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.79 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:56 ]
Arxiv ichida: docx