Metall bog'lanish Metallardagi kimyoviy bog'lanish tabiati ularning quyidagi xossalari: 1) yuqori elektr va issiqlik o'tkazuvchanligi; 2) simobdan boshqa metallar yuqori koordinatsion songa ega bo'lgan kristallar ekanligi bilan xarakterlanadi. 1- xossasidan metallarda elektronlarning bir qismi metalning butun hajmi bo'ylab harakat qila oladi degan xulosa kelib chiqadi. Ularda ikki elektronli bog'lanish yo'q, chunki valent elektronlar soni bunday bog'lanish hosil qilish uchun etarli emas. Masalan, litiy atomi kristallanganda kub panjarali kristall tugun hosil qiladi. Kub kristall panjara tugunida markaziy atom qo'shni 8 ta litiy bilan bog'langan. Aslida litiy atomi tashqi qavatida 8 ta elektron bo'lishi kerak edi. Metall bog'lanishni litiy uchun quyidagicha tushuntirish mumkin. Har bir atom bog'lanish uchun litiy 4 orbital va 1 ta elektron beradi. Demak, kristaldagi orbitallar soni elektronlar sonidan ortiq.Shuning uchun elektron bir orbitaldan ikkinchisiga oson o'tishi mumkin.Bularning hisobiga elektronlar metalldagi hamma atomlar orasidagi bog'lanishda ishtirok etadi. Agar ionlanish energiyasi kam bo'lgan boshqa metall olinsa, elektron butun kristall panajara bo'yicha harakatlanib yuradi. Elektronlarning kristall panjara buylab harakatlanishi metallarning elektr o'tkazuvchanligini ta'minlaydi. Kovalent va ion bog'lanishdan farq qilib, metallarda kam sondagi elektronlar ko'p sondagi yadroni ushlab turadi va bu elektronlar metallarda harakatalanishi mumkin. Shular asosida metallarga quyidagi ta'rifni berish mumkin. Metall bog'lanish nazariyasiga ko'ra, metallar juda ixcham joylashgan kationlardan iborat ixcham struktura bo'lib, ularning umumlashgan elektronlari biri-biri bilan bog'langan. Masalan, litiy hajmi markazlashgan kub kristall panjaraga ega. Har bir litiy atomi 8 ta qo'shni atomlar bilan bog'langan. Bog' hosil qilish uchun litiy atomi bitta electron, lekin 4 ta valent orbitallar berishi mumkin. Kristallarda elektronlar soni orbitallar sonidan ko'ra kam, shu sababli elektronlar bir orbetaldan ikkinchisiga oson o'tadi. Bu elektronlar metalldagi barcha atomlar orasida bog' hosil bo'lishida ishtirok etadi. ...
![Metall bog'lanish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.49 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.49 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:56 ]
Arxiv ichida: docx