Metallar umumiy xossalari [info-referat]

Metallar umumiy xossalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Metallar umumiy xossalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Metallarning umumiy xossalari Metallar uchun umumiy xususiyatlardan biri ularning tashqi elektron pog'onalarida 1tadan 3 tagacha elektron bo'lishidir. Metallarga barcha s- elementlar kiradi(vodorod va geliydan tashqari). Metallarga barcha d- va f-elementlar ham mansub. IY A guruhdagi barcha p-elementlar ham (bordan tashqari) metallar hisoblanadi. IY A va YA guruhdagi p-elementlar -Ge, Sn, Pb, As, Sb va Bi ham metallar va ularning tashqi valent elektronlari 4 ta yoki 5 tadan ekanligini inobatga olish kerak. Metallar uchun xos bo'lgan umumiy fizik xossalarga: o'ziga xos yaltiroqlik, elektr tokini o'tkazuvchanlik, sim hosil qilishi, oson parchinlanishi va metallik kristall panjarali tuzilishga ega bo'lishidir. Metallar uchun eng muhim xossalardan biri metallga xos yaltiroqlik va qattiqlik. Simobdan tashqari barcha metallar qattiq holda uchraydi. Metallar orasida eng qattig'i xrom. Bu metall hatto oynani kesadi. Eng engil metallar jumlasiga kaliy, rubidiy va tseziy kiradi.Bu metallarni yog'ga o'xshatib pichoq bilan kesish mumkin. Metallarning bolg'alanishi ham muhim ko'rsatkichlardan biridir. Bolg'alanish deganda og'ir narsalar bilan urilganda shaklini o'zgarishi, yupqa qatlam hosil qilishi va simga aylanishi nazarda tutiladi. Bolg'alanish paytida metallning kristall panjarasi biri ikkinchisiga nisbatan suruladi . Metallarning bolg'alanishi quyidagi qatorda kamayadi: Аu,Ag,Cu,Sn,Pb,Zn,Fe. Metallar ichida oltin juda yupqa zar qog'oz hosil qila oladi. Uni juda ingichka sim qilib cho'zish mumkin. Metallar yaxshi elektr va issiq o'tkazuvchanlikka ega.Bu xossalar metallarning elektron tuzilishi bilan bog'langan. Elektr va issiq o'tkazuvchanlik sababi metallarning o'ziga xos kristall panjarasi va ularning tarkibidagi erkin elektronlardir. Odatda metallarning elektr o'tkazuvchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi. Absolyut nol haroratda metallarning qarshiligi kamayib, elektr o'tkazuvchanlik juda ortib ketadi. Metallar zichligi bilan ham farqlanadi. Eng engil metall litiy hisoblanadi(=0,53 гсм3). Eng og'ir metall osmiy (=22,6гсм3). Agar metallarning zichligi 5 гсм3 gacha bo'lsa engil metallar, zichligi 5 гсм3 dan ortiq bo'lgan metallar esa og'ir metallar hisoblanadi. Metallar asosidagi biogen elementlar. Birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh s-elementlar makroelementlar (natriy, magniy, kaliy, kaltsiy) jumlasiga kiradi. Metallardan litiy, storntsiy va alyuminiy fiziologik aktiv metallar jumlasigan hisoblanadi. d-elementlar orasida hayotiy muhim elementlatdan: marganes, temir, rux, mis, kobalt hisoblanadi. Oxirgi paytlarda titan, xrom va vannadiyning fiziologik roli kattaligi aniqlandi. Molibden ko'pgina oksidlanish-qaytarilish fermentlari tarkibiga kirishi aniqlangan. Ba'zi f- elementlarning organizmda juda ham oz borligi aniqlangan. Lekin ularning biokimyoviy jarayonlardagi turli reaksiyalarni o'zgartirishi shubhasiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.67 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.67 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga