Metallarning davriy jadvaldagi o'rni va atomining tuzilishi olinishi fizika kimyoviy xossalari birikmalari va ularning ishlatilishi Reja. 1 Metallarning davriy jadvaldagi o'rni, atomning tuzulushi. 2. Metallarning tabiatda uchrashi va olinishi. 3. Metallarning fiziko-kimyoviy xossalari. 4. d elementlarining birikmalari Metallarning umumiy xossalari. D. M. Mendeleev davriy sistemasidagi 106 elementning 83tasini metallar tashkil qiladi. Metallarning 12 tasi s- elementlar, 34 tasi F elementlar, 28 tasi f-elementlar va dolgan 10 tasi p-elementlardir. p- elementlardan germaniy, vismut, poloniy, qalay metallmas xossalarini ham namoyon qiladi. Megallarning o'ziga xos belgilari quyidagilardan iborat. 1. Har qanday metall o'ziga xos yaltiroqlikka ega, buning sababi shuki, ular yorug'lik nurini spektrning ko'zga ko'rinuvchan sohasida qaytarish xususiyatiga ega. 2. Metallar issiqlik va elektrni yaxshi o'tkazadi. Metallarning elektr o'tkazuvchanligi temperatura ortishi bilan pasayadi va aksincha qarshiligi temperatura ortuvi bilan ortadi. 3. Ko'pchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatda bo'ladi, ularning koordinasion soni katta qiymatga ega (8 va 12 ga teng). 4. Metallar cho'ziluvchan va yassilanuvchan bo'ladi. 5. Metallar elektr musbat elementlardir, ya'ni ularning oksidlari ko'pincha suv bilan birikib asoslar hosil qiladi. Metallarda bu besh xususiyatning borligiga asoslanib, metallning ichki tuzilishi haqida ma'lum tasavvur yaratish mumkin.Masalan, metallar yorug'likni qaytarish xususiyatiga ega bo'lgani uchun,juda yupqa metall plastinka ham shaffof (tiniq) bo'lmaydi. Bunga asoslanib, metall juda zich tuzilgan deyish mumkin. Metallarning oson deformasiyalanishiga ko'ra ularning kristall panjarasi u qadar mustahkam emas, panjaraning bir tekisligi uning ikkinchi tekisligiga nisbatan oson harakatlana oladi, degan xulosaga kelish mumkin. Metallarning issiqlik va elektrni yaxshi o'tkazishi-zaryadlangan zarrachalar metall kristallari orasida oson harakatlanishi haqida ma'lumot beradi. Nihoyat,metallarning elektr musbat elemgntlar jumlasiga kirishi-valent elektronlarning metall atomidan osongina chiqib keta olishini o'ursatadi. Bu besh xususiyat oddiy moddalarni metall yoki metallmaslar sinfiga ajratish uchun asos bo'la oladi,lekin oddiy moddalarni metall yoki metallmaslarga ajratish uchun ximiyaviy bog'lanish tipini asos qilib olish afzal. Demak, zarrachalari orasida metall bog'lanishli oddiy moddalarni metallar jumlasiga, kovalent bog'lanishli oddiy moddalarni esa metallmaslar jumlasiga kiritish mumkin. Oddiy moddalarni bunday ikki turkumga ajratish bir 'tomondan mutlak va ikkinchi tomondan nisbiy xarakterga ega. Ayni sharoitda oddiy moddalarni metall va metallmaslarga ajrata olamiz,lekin ba'zi oddiy moddalarning metallar yoki metallmaslar turkumiga kiritilishi tashqi sharoitning o'zgarishiga bog'lik,bo'ladi. Masalan,surmaning elektr o'tkazuvchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi, shuning uchun uni metallar turkumiga kiritiladi. Metallarning ichki tuzilishi. a.Elektron gaz nazariyasi. 1900 yilda Drude taklif etgan elektron gaz nazariyasiga muvofiq, metall musbat zaryadli ionlar va ular orasida tartibsiz harakat qiluvchi erkin elektronlardan iborat, bu elektronlar gaz molekulalari bo'ysungan qonunlarga bo'sunadi. Shunga ko'ra, elektron gaz termini kiritilgan. Drude fikricha,elektron gaz o'zining temperaturasi, bosimi, hajmi ...
![Metallarning davriy jadvaldagi o'rni va atomining tuzilishi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: docx