Metallarning kimyoviy xossalari [info-referat]

Metallarning kimyoviy xossalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Metallarning kimyoviy xossalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Metallarning kimyoviy xossalari Metallarning kimyoviy xosslari ularning elektron berishi va metall ionlariga aylanishiga bog'liqdir. Metallar orasida ishqoriy metallar kuchli qaytaruvchilardir. Davrda qaytaruvchilik xossasi o'ngdan chapga qarab, guruhda yuqoridan pastga qarab ortadi. 1. Меtallarning metallmaslar bilan birikmalari.Ular vodorod bilan gidridlar hosil bo'lib: 2Na+H2=2NaH Ca+H2=CaH2 2Al+3H2=2AlH3 Kislorod bilan oksidlar, peroksidlar olinib: 4Li+О2=2Li2O 2Ca+O2=2CaO 4Al+3O2=2Al2O3 Galogenlar bilan ftoridlar, xloridlar, bromidlar hosil qilsa, oltingugurt bilan sulfidlar, fosfor bilan fosfidlar, azot bilan nitridlar, uglerod bilan karbidlar, kremniy bilan silitsidlar hosil qiladi. 2 . Меtallarning kislorod bilan birikmalari. Ishqoriy metallar faqat litiy bilan oksid hosil qiladi. Boshqa ishqoriy metallar bilan (hatriy) peroksidlar hosil qilsa, kaliy va rubidiy va tseziylar bilan superoksidlar hosil bo'ladi. Qolgan ko'p metallar oksidlar hosil qiladi. Agar metall o'zgaruvchan valentlikka ega bo'lsa metallning eng kichik valentligi asosli xossaga, o'rtacha valentligi amfoter xossaga, eng yuqori valentligi esa kislotali xossaga ega bo'ladi. СrO asosli oksid unga asos Cr(OH)2; Cr2O3-амfoter oksid, unga ham asos Cr(OH)3 va ham kislota (HCrO2 -metaxromit va H3CrO3 - ortoxromit kislota); CrO3-кislotali oksid bo'lib uning kislotalari H2CrO4xromat va H2Cr2O7 dixromat kislotadir. Shunga o'xshash xossalar MnO va Mn2O3 bolib, bu oksidlar asosli ( Mn(OH)2 va Mn(OH)3); MnO2- amfoter oksid ( Mn(OH)4; H2MnO3; H4MnO4) MnO3 va Mn2O7 kislotali oksidlar (H2MnO4 va HMnO4). 3.Metallarning kislotalar bilan ta'siri. Fe, Al, Zn, Mg kabi aktiv metallar H2SO4 suyult. , HCl, H3PO4, CH3COOH o'xshash kislotalar bilan ta'sir etib shu metallning tuzini hosil qiladi va reaksiyada vodorod ajraladi. Xuddi shu kislotalar bilan Cu, Ag, Hg, Au, Pt kabi passiv metallar eritmada ta'sir etmaydi .Bunda tuz hosil bo'lmaydi va vodorod ajralmaydi. Kons. sulfat kislota (96%) Fe, Al, Cr, Au, Pt kabi metallar bilan eritmada ta'sirlashmasdan ularni passivlaydi. Cu, Hg, Ag ga o'xshash metallar kons. kislota ta'sirida shu metallning tuzini hosil qilib oltingugurt(1Y) oksidini hosil qiladi (SO2). Zn, Mg, Ca kabi faol metallar kons. sulfat kislota ta'sirida shu metallning tuzini va SO2 (yoki S va H2S) hosil qiladi. Kons. nitrat kislota ham(63%li) Fe, Al, Cr, Au, Pt kabi metallar bilan ta'sirlashmaydi. Cu, Hg, Ag ga o'xshash passiv metallar bilan ta'sirlashib, shu metallning tuzini va azot(1Y) oksidini hosil qiladi(NO2). Agar shu metallar suyultirilgan nirtat kislota bilan ta'sirlashsa(3-50%li) , bu holda metallning tuzi va azotning (II) oksidi hosil bo'ladi. Zn, Mg, Ca ga o'xshash aktiv metallarning kons. nitrat kislotasi bilan ta'sirida, shu metallarning tuzi va azotning turli oksidlari, hatto azot hosil bo'lishi ( NO2, N2O va N2 ) kuzatiladi. Agar shu metallar va Al, Fe suyultirilgan kislotalar bilan ta'sirlashsa, metallarning tuzi bilan birga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga