Metallmaslar Reja: 1. Metallmaslarning davriy sistemadagi o'rni. 2. Metallmaslarning umumiy fizik-kimyoviy xossalari. Metallmaslarning atomlari elektron biriktirib oladi va manfiy zaryadli ionga aylanadi. Metallmaslarning oksidlash aktivligini xarakterlash uchun elektronga moyillik tushunchasidan foydalaniladi. Neytral atomning elektron qabul qilib, manfiy zaryadlangan ionga aylanish protsessi issiqlik chiqarish bilan kuzatiladi. Element atomi bir elektron biriktirib olganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori ayni elementning elektronga moyilligi deb ataladi. Bu miqdor k-joulg-atom; kkalg-atom bilan ifodalanib, Ye-xarfi bilan belgilanadi. Element radiusi qancha kichik bo'lsa, uning elektronga moyilligi katta bo'ladi. Davriy sistemaning xar qaysi gruppasida pastdan yuqoriga ko'tarilgan sari elektronga moyillik ortib boradi, yani elementning oksidlash aktivligi o'sib boradi. Davrlarda elementning elektronga moyilligi chapdan o'ngga o'tgan sari ortib boradi, bu esa ularning oksidlash aktivligi xam o'sib borishini ko'rsatadi. Elementlarning elektronga moyillik qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Elementatomi bir elektronni biriktirib olishi ko'zda tutilgan. Binobarin, elementlarning metallmaslik xossalarini yaqqol namoyon qiluvchi o'lchovlardan biri ularning elektronga moyilligidir. Ftor atomi xamma metallemaslarga qaraganda aktivroq elektron qabul qilib oladi. Binobarin, xamma metallmaslar oksidlovchilardir. Ular tipik metallar bilan o'zaro birikib, ion boQlanishli moddalar hosil qiladilar. Masalan, NaCl, MgO, K2S va boshqalar. Metallmaslar malum sharoitda o'zaro birikib, kovalent boQlanishga ega bo'lgan birikmalarni hosil qiladi: masalan, HCl, H2O, NH3, CH4, C6H6. Metallmaslar vodorod bilan birikib, uchuvchan birikmalar hosil qiladi, ularning formulasi shu elementning gruppa nomeriga boQliqdir. Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, yani kislota angidridlarini hosil qiladi. Uglerod va kremniy metallmas jumlasiga kiradi. Uglerod olmos grafit va ko'mir allotropik shakl o'zgarishida uchraydi. Uglerod va kremniyning vodorod birikmalari uglevodorodlar va silanlar deb ataladi, ular ikki xil oksid hosil qiladi CO, CO2, SiO, SiO2. MgCO3 -- MgO + CO2 CaCO3 -- CaO + CO2 SiO2 - qumtuproq juda barqaror o'tga chidamli birikmadir. Silikat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydi, shuning uchun ular eruvchan shisha deyiladi. Na2O * CaO * 6SiO2 tarkibli oddiy deraza oynasining formulasidir. Oddiy sharoitda kremniy kislotalar bilan reaktsiga kirishmaydi, lekin suyultirilgan ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, kremniy kislota tuzlarini hosil qiladi. Si + 2NaOH + H2O = Na2SiO3 + 2H2 Azot va fosfor xam tipik metallemaslar ularning birikmalari 1 dan 5 gacha va -1 dan -3 gacha oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ular vodorod bilan NH3 - ammiak, NH2OH - gidroqsilamin, PH3 - fosfin birikmalarini hosil qiladilar. Ammiak sanoatda katta ahamiyatga ega, u rangsiz o'ziga xos o'tkir xidli, suvda yaxshi eriydigan gaz. Ammiak kislorodda yonib, azot va suv hosil qiladi: NH3 + 3O2 =2N2 + 6H2O Suvda erib - ammoniy gidroksidni hosil qiladi: NH3 + H2O = NH4OH Kislotalar bilan reaksiyaga ...
![Metallmaslar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: docx