MIS (II) GIDROKSIDNING OLINISHI VA XOSSALARI REJA: I Kirish. II Asosiy qism. Mis (II) gidroksidga qisqacha ta'rif. Mis (II) gidroksidning fizik xossalari. Mis (II) gidroksidning kimyoviy xossalari. Mis (II) gidroksidning ishlatilishi va ahamiyati. II Xulosa. IV Foydalanilgan adabiyotlar. MIS (II) GIDROKSIDNING XOSSALARI. Mis (II) gidroksid ikki valentli mis tuzlari eritmalariga ishqorlar ta'sir ettirilganda havo rang iviq massa holida cho'kadi. Mis (II) gidroksid amorf, ro'mbik va kristalik tuzilishga ham ega (а = 0,2949 nm, b = 1,059 nm, с = 0,5256 nm, z = 4). Zichligi 3.37 gsm3 . Reaksiyada olingan Mis (II) gidroksid kuchsiz qizdirilgandayoq (70o C temperaturada) hatto suv ostida ham ajralib ketib ( parchalanib), qora mis ikki oksidga aylanadi. Mis (II) gidroksid suvda yomon eriydi. Cu(OH)2 = CuO + H2O Olinishi; Mis (II) gidroksid quyidagi usullarda olinadi; Mis gidroksidni olish: mis gidroksidni, uning oksidini suvda eritib olib bo'lmaydi. Shuning uchun uning biror tuzi eritmasiga o'yuvchi natriy yoki o'yuvchi kaliy eritmasidan qo'shish yo'li bilan mis gidroksid olinadi. Bir probirkaning uchdan bir qismiga misning biror tuzi eritmasidan olib, uning ustiga natriy ishqoridan quying, havo rangli cho'kma hosil bo'ladi. Cu(NO3)2+2NaOH=Cu(OH)2 + 2NaNO3 CuCl2 + 2NaOH = Cu(OH)2↓ + 2NaCl; [Cu(NH3)4]SO4 + 2NaOH = Cu(OH)2↓ + 4NH3 + Na2SO4. CuSO4+2(NH3∙H2O)= Cu(OH)2+(NH4)2SO4 Mis (II) gidroksid (Cu(OH)2) NaOH ning kuchli konsentrlangan eritmalarida erib, kuprit kislota hosil qiladi. Eritmada suyultirilgan kupritlar parchalanib Cu(OH)2 ajraladi. Na2CuO2 + 2H2O = Cu(OH)2 + 2NaOH Na2[Cu(OH)4] = 2NaOH + Cu(OH)2 Mis kukunlaridan suvli muhitda kuchli oksidlovchilar ta'sirida mis (II) gidroksid hosil qilinadi. Cu + O' + HOH = Cu(OH)2 Kimyoviy xossalari; Kimyoviy reaksiyalarda kuchsiz amfoterlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Kislotalar bilan oson ta'sirlashib tuzlar hosil qiladi. Mis gidroksidning xossani o'rganish uchun cho'kmani eritmasi bilan birga chayqatib, uchta probikaga barobar qilib bo'ling. Ularning birinchisiga suyultirilgan xlorid kislota, ikkinchisiga kuchli ishqor va uchinchi probirkaga esa kuchli ammiak ta'sir ettiring. Hosil bo'layotgan eritmalar rangiga etibor berib, reaksiya tenglamalarini yozing. 1) Cu(OH)2+2HCl=CuCl2+2H2O. 2) Cu(OH)2+NaOH=Na2[Cu(OH)4(H2O)2] 3) Cu(OH)2 + 4NH3 [Cu(HN3)4](OH)2 Cu(OH)2 +2 HNO3 = Cu(NO3)2 + 2HOH Cu(OH)2 + 2CH3COOH = (CH3COO)2Cu + 2HOH Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O. Cu(OH)2 +H2S=CuS↓+2H2O Mis (II) gidroksid juda kuchsiz asosdir. Shuning uchun ikki valentli mis tuzlarinig eritmalari ko'pchilik hollarda, kislotali reaksiyaga ega bo'ladi, mis (II) gidroksid, kuchsiz kislotalar bilan reaksiyaga kirishganida gidrokso tuzlar hosil qiladi. Mis (II) gidroksid ammiakda erib tarkibida [ Cu(NH3)4]++ ionlar va gidroksil ionlari bo'ladigan to'q ko'k eritma hosil qiladi Cu(OH)2+4NH3=[ Cu(NH3)4]++ +2OH Hosil bo'ladigan eritma sellulozani ( paxta, filtr qog'oz va shu ...
![Mis (II) gidroksidning olinishi va xossalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
196.99 KB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
196.99 KB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: doc