Mis va uning birikmalari [info-referat]

Mis va uning birikmalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Mis va uning birikmalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Mis Tabiatda uchrashi. Tabiatda oz miqdorda tug'ma mis uchraydi. Birikma holdagi Cu2O kuprit, Cu2S mis yaltirog'i, CuFeS2 misli kolchedani yoki xalqopirit, CuO-tenerit minerali, shuningdek malaxit (CuOH)2CO3 ma'lum. Kumush sulfidlar holatida qo'rgoshin, rux, kadmiy bilan birga uchraydi. Mis, kumush va oltin tabiatda erkin metallar holatida ham uchraydi. Mis elementi tabiatda ikki xil izotop holiday uchraydi: 2963Cu (69,1%) va 2965 Cu (30,9%). 2964Cu radioaktiv izotopining yarim emirilish davri 12,8 soat. Fizik xossalari: pushti qizil rangli, yumshoq, yuqori issiqlik va elektr o'tkazuvchanlikka ega. Suyuql. harorati 1083oS. Kimyoviy xossalari: Mis havoning miqdoriga qarab Cu2O va CuO kabi oksidlar hosil qiladi. Cu2O - qizil rangli. Beqaror birikma: 4Cu + O2 = 2 Cu2 O 2 Cu + O2 = 2CuO Mis galogenlar bilan ham odatdagi sharoitda oksidlanadi: Cu + Cl2 = CuCl2 Yuqori haroratda NO misni Cu2O ga NO2 bo'lsa CuO ga oksidlaydi. 4 Cu + 2 NO = 2 Cu2 O + N2 4 Cu + 2 NO2 = 4 Cu O + N2 Azot va uglerod mis bilan ta'sir etmaydi. 2Cu + O2 + H2O + CO2 = (CuOH)2CO3 Sianit ionlari ishtirokida mis oson oksidlanib sianidli komplekslar hosil qiladi. 2Cu + O2 + H2O + 4 KCN = 2 K[Cu (CN)2] + 2KOH Yuqori temperaturada mis gaz holdagi HCl bilan ta'sirlanadi. 2Cu + 2HCl(g) = 2 CuCl + H2 Odatdagi sharoitda reaksiya chapga surilgan yuqori haroratda o'ngga suriladi. Mis va uning birikmalari kuchli zahar hisoblanadi. Olinish usullari: Dastlab rudalarni yoqib oksidlar olinadi: 2CuS + 3O2 = 2 CuO + 2 SO2 Rudalarni suyuqlantirish pechlarda olib borilib unga koks qo'shiladi: C + 2CuO + FeS + SiO2 = Cu2S + FeSiO3 + CO Kuydirish: 2Cu2S + 3O2 = 2Cu2O + 2SO2 Qaytarish: 2 Cu2O + Cu2S = 6 Cu + SO2 Shunday usulda olingan misning tozaligi 95-98% ga etadi. Toza mis olish uchun mis sulfati misli anod elektrodi ishtirokida elektroliz qilinadi. Texnikada ishlatilishi. Mis asosida ko'pdan ko'p asbob va uskunalar tayyorlanadi. Tunuka xoldagi mis bilan kemalar o'raladi. Misdan ko'p qotishmalar tayyorlanadi. Masalan, bronza - mis 90%, qalay - 10% ; latun - mis 60 % ,rux-40%; melxior- mis - 68%, Ni-30%, Mn-1%, temir-1%; pul tayyorlaydigan chaqalar- Cu 95%, alyuminiy-5%. Misning birikmalari Cu +1 bo'lgan birikmalari. Mis (1) oksidi Cu2O - qizil kristall modda. Amfoter oksid, lekin natriy gidroksidda qiyin eriydi. Galogenovodorodlarda ham qiyin eriydi. Suyultirilgan eritmalarda rangsiz eritmalar hosil bo'ladi. Agar kislota tarkibida suv ko'p bo'lsa oq cho'kma hosil bo'ladi. Cu2O + 4HCl = ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.67 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.67 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga