Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi. Neftni kimyoviy tarkibi, fizik - kimyoviy xossalari, neftni fraksion tarkibi Reja: Neft xom ashyosini qayta ishlash usullari. Neftni fizik xossalari va kimyoviy tarkibi. Neft tarkibidagi kislorodli, oltingugurtli va azotli birikmalari. Neft kuli va emulsiyasi. Deemulsatsiyalash jarayoni. Malumki, neft neft - kimyoviy sintez uchun asosiy xom ashyodir. Yoqilg'i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi fani asosan neft va gazni qayta ishlashda hosil bo'luvchi uglevodorod qismlarini, kimyoviy tarkibi, xossalari va ularni organik sintez uchun ishlatilish sharoitlarini o'rgatadi. Neft - yoqilg'i, moylar va boshqa mahsulotlar olishni yagona manbaidir. Neft va tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlashni o'sishi xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan sun'iy tola, o'g'itlar, polimer moddalar, kauchuk va boshqa mahsulotlar bilan to'la ta'minlashga erishishga olib bormoqda. U moysimon, to'q qo'ng'ir rangli suyuqlikdir. Uning rangi tarkibidagi smolasimon moddalarni miqdoriga, tuzilishiga bog'liqdir. Neft tarkibida uglerod - 83 - 87%, vodorod - 11 - 15%ni tashkil etadi. Qo'shimcha birikmalarda kislorod, azot va oltingugurt bo'lishi mumkin. Neft xom ashyosi va dastlabki haydashda parafin, naften va aromatik uglevodorodlar yoki ularning aralashmasi uchraydi. Neft yer qobig'ini 500 - chuqurligida joylashgan bo'lib, asosiy qismi 800 - .dan nasoslar yordamida qazib olinadi. Neft qudug'i qazilganda birinchi navbatda neft xom ashyosi unda erigan yoki birgalikda mavjud bo'lgan gazlarning bosimi ta'sirida yer yuzasiga fontan hamda chiqadi. Keyinchalik bosim pasayadi va neft kompressor orqali tortib olinadi. Qazib olinayotgan 1t neft o'zi bilan 50 - 100m3 gaz, 200 - 300kg suv, 10 - 15kg mineral tuz va chiqindilarni birga olib chiqadi. Quduqlardan chiqqan (20 - 30 ta yoki bazan 80 tagacha quduqdan) neft bir joyga yig'ilib, hosil qilingan aralashma tarkibidagi neft miqdori aniqlanadi. Neft bilan chiqqan gaz maxsus qurilmalarda ajratib olinadi. Bu holda neftdagi suv 0,2 - 0,8% gacha, tuz esa 1t neftda 0,8 - gacha kamayadi. Suv va tuz miqdori kamaytirilgan neft qayta ishlash zavodlariga yuboriladi. Turli konlardan farq qiladi. Yuqorida aytilganidek neftda turli molekulyar og'irlikdagi uglevodorodlar mavjud. Neft tarkibida uglerod 83-87 %, vodorod 11-15 % ni tashkil etadi. Qo'shimcha birikmalarda kislorod,azot va oltingugurt bo'lishi mumkin. Neft xom ashyo va dastlabki haydashda parafin, naften va aromatik uglevodorodlar yoki ularning aralashmasi uchraydi. Neft yopishqokligi 5 100 sp (santipuaz) (10-6 m2sek), ayrim hollarda undan yuqori bo'ladi. Zichligi suvni zichligidan kichikdir. Neft bir xil tarkibda bo'luvchi suyuqlik emas. U turli molekulyar og'irlikka, tuzilishga ega uglevodorodlarni katta guruhini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga neft oltingugurt, azot, kislorod saqlovchi smolasimon moddalardan tashkil topgan. Neft 40-500°S oraliqda qaynay boshlaydi. Haydashni eng oxirgi qoldig'i ...
![Neftni kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, neftni fraksion tarkibi va qayta ishlash [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
110.11 KB
Ko'rishlar soni
491 marta
Ko'chirishlar soni
97 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
110.11 KB
Ko'rishlar soni
491 marta
Ko'chirishlar soni
97 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: docx