Odam organizmida makro- va mikroelementlar Odam organizmidagi kimyoviy elementlarni sinflarga ajratishning bir necha turlari mavjud. V.I.Vernadskiy kimyoviy elementlarni tirik organizmdagi massa ulushlariga binoan quyidagi uch guruhlarga(28-jadval) bo'ldi: - makroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10-2 % dan yuqori. Ularga O, H, C, N, P, S, Ca, Mg, Na, K va Cl kiradi; - mikroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10-5 % dan 10-2 % gacha boradi. Bu elementlarga Fe, I, Cu,As, F, Br, Sr, Ba, Co kiritiladi; - ultramikroelementlar. Ularning organizmdagi miqdori 10-5 % dan kam bo'ladi. Bu elementlarga Hg, Au, U, Th, Ra kabi elementlar kiritiladi. Hozirgi paytda ultramikroelementlarni ham mikroelementlar jumlasiga kiritilmoqda. Quyidagi jadvallarda odam organizmidagi kimyoviy elementlarning massa ulushlari keltirilgan.Bunday sinflash organizmdagi kimyoviy elementlarning faqat miqdorinigina ifodalaydi, lekin ularning biologik ahamiyatini ko'rsatmaydi. 28-jadval. Odam organizmidagi kimyoviy elementlarning miqdori V.V. Kovalskiy kimyoviy elementlarni ularning hayot uchun muhimligi jihatidan uch guruhga bo'ldi: - hayot uchun eng zarur elementlar. Ular odam organizmida doimo mavjud. Ular fermentlar, gormonlar, vita'minlar tarkibiga kiradilar: C, H, N, P, S, Ca, Mg, Na, K, Cl, I, Fe, Mn, Cu, Co, Zn, Mo, V. Bu elementlarning yetishmasligi kishi organizmi faoliyatining buzulishiga olib keladi; -aralash elementlar. Ular odam va hayvon organizmida har doim bor, ularning biologik ahamiyati to'la o'rganilgan emas: Ga, Sb, Sr, Br, F, B, Be, Li, Si, Sn, Cs, Al, Ba, Ce, As, Pb, Ra, Bi, Cd, Ni, Ti, Ag, Th, Hg, U, Se. -odam va hayvonlar organizmida topilgan, lekin miqdori va biologik ahamiyati aniqlanmagan elementlar: Sc, Tl, In, La, Pr, Sm, W, Re, Th va boshqalar. Turli xil hujayra va organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan elementlarni biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlarning aniq sonini ko'rsatish hozirgi vaqtda juda mushkul ish, chunki juda oz miqdorda bo'ladigan mikroelementlarni aniqlash, ularning biologik ahamiyatini ko'rsatish nihoyatda murakkabdir. Hozirgi paytda 24 ta elementning bilogik ahamiyati to'la aniqlangan bo'lib, bu elementlarga yuqoridagi hayot uchun zarur elementlar va aralash elementlar kiradi. ...
![Odam organizmida makro va mikroelementlar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.91 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.91 KB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx